tashqari seriya namunalarini ishonchlilikka sinashda quyidagilar
hisobga olinishi
kerak:
a) maketni meyoriga yetkazish natijasida mashinaga kerakli konstruksion
о„zgartirishlar kiritilganligini tajribaviy tekshirish;
b) haqiqiy ekspluatatsiya sharoitlarida buyumlarning
ish tartibotlari va
boshqa tadqiqotlarni kengaytirish;
v)
birinchi
seriyaviy
namunalarning
ekspluatatsiyasi
jarayonida
buyumlarning buzilish sabablarini aniqlash.
Tajribaviy namunalarni sinashda sanoqli (xatto bitta buyum bо„lishi ham
mumkin) buyumlar qо„yiladi, chunki bu buyumlar kam miqdorlarda yaratiladi.
Lekin bu sinashlar yetarli emas, chunki oz miqdordagi
buyumlardan olingan va
yetarli bо„lmagan ma‟lumotga suyangan ishonchlilik kо„rsatkichlari buyumlar
ishidagi haqiqiy holatni aks ettiraolmaydi.
6.6. Ishonchlilikka sinash usullari
Texnologik
mashina
va
jixozlarining
ishonchlilik
xususiyatlari
kо„rsatkichlarini ekspluatatsiya jarayonida aniqlash uchun ularning ma‟lum
miqdorlarini olib sinov (nazorat) о„tkaziladi. О„tkazilish muddati bо„yicha
ishonchlilikka sinashning ikki usuli mavjud:
-
tugatilgan sinovlar;
- tezlashtirilgan (kesma) sinovlar.
Tugatilgan sinovlarda ishonchlilik parametrlarini baholash sinovga qо„yilgan
barcha buyumlarning buzilishidan keyin о„tkaziladi.
Tezlashtirilgan (kesma) sinovlarda ishonchlilik parametrlarini baholash
hamma buyumlar buzilishini kutmasdan о„tkaziladi, chunki sinovlar ekspluatatsiya
jarayonida о„tkazilganligi sababli ularning davomiyligi bir necha yilga chо„zilib
ketishi mumkin. Tezlashtirilgan sinovlar bо„yicha shuni ta‟kidlash lozimki, agarda
buyumlarning resursi kichik bо„lsa, u holda ishonchlilik parametrlarini baxolashni
tugallangan sinovlar kabi о„tkazish kerak,
chunki sinov davrida ushbu
buyumlarning hammasi ishdan chiqadi. Tezlashtirilgan sinovlar natijalariga ishlov
berishning maxsus usullari mavjud
8
.
Dostları ilə paylaş: