6.3. Ishonchlilikka sinash obyekti Ishonchlilikka sinashlarning obyekti quyidagilar bо„lishi mumkin:
1. Namunalar – agar buyumlar yoki ularning chidamliligini belgilaydigan
materiallar xususiyatlari sinalsa (charchash qattiqligi, yemirilishga va korroziyaga
qarshi xususiyatlar va h.k.);
2. Detallar (birikmalar, kinematik juftliklar) - agar konstruksion va
texnologik omillarning shu qism xizmat muddatiga ta‟sirini hisobga olish zarurati
tug„ilsa (podshipniklar, tishli g„ildiraklar, yо„naltiruvchilar, sharnirlar va h.k.);
3. Mashina, agregat va uzellar - agar ayrim mexanizm va konstruksiya
elementlarining о„zaro harakati va ularning ish qobiliyati kо„rsatkichlariga ta‟sirini
hisobga olish kerak bо„lsa (uzatmalar qutisi, reduktorlar, dvigatellar, boshqaruv
tizimlari va boshqalar);
4. Mashina – mashinadagi hamma agregat, uzel va mexanizmlarning
ekspluatatsiya sharoitlari va ish tartibotlaridagi о„zaro harakati sinalsa (transport
vositalari);
5. Mashinalar tizimi – bir ishlab chiqarish kompleksini tashkil etgan ayrim
mashinalarning о„zaro ta‟sirini ishonchlilik kо„rsatkichlari orqali baholansa
(avtotransport korxonasi).
6.4. Ishonchlilikka sinashda baholanadigan xarakteristikalar Ular asosan ikki guruhga bо„linadi:
1. Eskirish (buzilish) jarayonlari va buyumlarning buzilganlik darajasi
xarakteristikalari. Sinashlarda yeyilish jarayonlarining kechishi, zanglash, shakl
о„zgarishlar, charchash buzilishlari va boshqalar о„rganiladi. Bu omillar mashina
ish qobiliyatini yо„qotishda asosiy sabablar bо„lib hisoblanadi.
2. Buyumning vaqt bо„yicha chiqish parametrlari о„zgarishining
xarakteristikalari (aniqlik, foydali ish koeffitsiyenti, yuk kо„tarish qobiliyati va
h.k.). Bu xarakteristikalarning yо„l qо„yilgan chegaralardan chiqishi buzilishlarga
olib keladi.
Sinash obyekti qanchalik murakkab bо„lsa, sinashlar hajmi katta qismining
chiqish parametrlarini shunchalik kо„p baholashga tо„g„ri keladi.