Ma’ruza 8: Kon ishlari rivojlanish yo‘nalishini baholash chegarasi. Chuqurlashtirishning optimal yo‘nalishini grafik analitik usulda aniqlash



Yüklə 68,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü68,32 Kb.
#201685
  1   2
8-maruza



Ma’ruza 8: Kon ishlari rivojlanish yo‘nalishini baholash chegarasi. 
Chuqurlashtirishning optimal yo‘nalishini grafik analitik usulda aniqlash
Kon ishlari rivojlanish yo‘nalishini baholash chegarasi. 
Karyerning belgilangan chegaralaridagi kon ishlari uning berilgan 
unumdorligida turli yo‘nalishlarda rivojlanishi mumkin. Chuqurlashish yo‘nalishi 
lahim (transheya, kotlovan) markazining surilishi natijasida hosil bo‘lgan chiziq 
bilan tavsiflanadi. O‘sha lahimlar yordamida kon ishlarining chuqurlashishi 
davomida har bir gorizontni tayyorlash amalga oshiriladi (8.1 rasm). Yotiq va tik 
konlarda kon ishlari rivojlanishining mumkin bo‘lgan variantlari 8.2. rasmda 
ko‘rsatilgan. 
8.1 rasm. Karyerning chuqurlashish yo‘nalishi (son bilan kon ishlari 
bosqichlari ko‘rsatilgan). 
Chuqurlashish yo‘nalishi ochish usulini oldindan aniqlaydi. U shuningdek 
transport harajatlariga ham ta’sir qilishi mumkin. Qazib olish yillari bo‘yicha 
qoplamaning taqsimlanishi, yo‘qotilish va sifatsizlanish, qazib olinayotgan foydali 
qazilmaning sifat ko‘rsatkichlari va qazib olishning iqtisodiy natijalari 
chuqurlashish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Karyerni chuqurlashtirishning optimal 
varianti o‘rtacha quvvatdagi karerlarda millionlab yoki milliard so‘m miqdorda 
iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashi mumkin. Shuning uchun karyerni 
loyihalashda kon ishlari rivojlanishining ratsional variantini tanlash masalasi bosh 
masalalardan biri hisoblanadi. 


8.2 rasm. Gorizontal va yotiq (a); qiya va tik (v) konlardagi karyerlarda kon 
ishlarini rivojlantirish sxemasi; 1, 2, 3 – variantlar. 
Konning geologik tuzilishiga, karyer shakliga, transport turiga, qazish 
tizimiga ko‘ra kon ishlari rivojlanishining ratsional yo‘nalishi murakkab shakldagi 
siniq chiziqlar sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun kon ishlari rivojlanishini 
optimal yo‘nalishini tanlash uzoq muddatda variantlar o‘zgarishini tahlil qilish va 
texnik-iqtisodiy baholashni talab etadi. Optimal variantni tanlashda maksimum 
keltirilgan foyda, foydali qazilmaning sifati barqaror bo‘lgan konlarda esa – 
minimal o‘rtacha (qazib olish boshlangandan buyon) ochish koeffitsienti me’zon 
sifatida xizmat qiladi. Kon ishlari rivojlanishining optimal yo‘nalishini aniqlash 
variantlar, grafoanalitik, analitik usullarda amalga oshiriladi. 
Kon ishlarining optimal rivojlanishini aniqlash masalalari A.I. Arsentg‘ev, 
N.D. Bevza, V.G. Bliznyukova va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida tadqiq 
qilingan. Bu masalani EHM ni qo‘llab hal etish usuli V.M. Alenichev, D.G. 
Bukeyxanov va Sverdlovsk konchilik instituti tomonidan ishlab chiqilgan. 
Bir turdagi konlar (foydali qazilmaning sifati, yotqiziqning qalinligi va 
cho‘ziqligi bo‘yicha o‘lchami bir xilda bo‘lgan) ni qazib olishda kon ishlarini 
rivojlanishining optimal yo‘nalishini aniqlash uchun A.I. Arsentg‘evning 
grafoanalitik usulini qo‘llash tavsiya etiladi. Bunda quydagi me’zonlar qo‘llaniladi. 
O‘rtacha minimal solishtirma ekspluatatsion harajatlar (qazib olish 
boshlangandan buyon) 
min



i
i
Ц
З
(8.1) 
Kon massasining o‘rtacha koeffitsienti (qazib olish boshlangandan buyon) 
min



i
i
M
Q
(8.2) 
o‘rtacha ochish koeffitsienti (qazib olish boshlangandan buyon) 
min



i
i
P
V
(8.3) 


bu erda Z
i
– qurilish boshlangandan buyon i yilgacha ketgan harajatlar yig‘indisi; 
TS

– SHu davr ichida olingan mahsulotning qimmatliligi; Q
i
– qazib olish 
boshlangandan buyon i yilgacha qazib olingan kon massasi hajmining yig‘indisi; 
M
i
– foydali qazilmani qazib olish boshlangandan i yilgacha qazib olingan foydali 
qazilma miqdori yig‘indisi; V
i
– qoplama hajmining yig‘indisi; R
i
– qazib olish 
boshlangandan i yilgacha qazib olingan foydali qazilma hajmining yig‘indisi. 
Barqaror sifatli bir komponentli konlarda kon ishlarining rivojlanish 
variantini baholash uchun kumulyativ jadvaldan foydalanilganda optimal variant 
pastki tarmoqqa mos keladi (8.3 rasm) 
8.3 rasm. V=f (‘) funktsiyaning kumulyativ jadvali: 1,2,3 – karerni 
chuqurlashtirish yo‘nalishining turli variantlar uchun. 
Kon ishlari parametrlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri juda katta 
bo‘lgan murakkab strukturali ko‘p komponentli konlar uchun (ayniqsa 
qimmatbaho rudalar uchun) optimal variantni tanlash variantlar metodini qo‘llab 
amalga oshiriladi. Bu holda me’zon sifatida maksimum keltirilgan foyda qabul 
qilinadi. Birinchi bosqichda, berilgan unumdorlik, qazib olinayotgan ruda 
sortlarining nisbati, ochish usuli va qazib olish boshidan minimal o‘rtacha ochish 
koeffitsienti talablarini qanoatlantiradigan kon ishlarining rivojlanish varianti 
belgilanadi. So‘ngra har bir variant uchun kon-geometrik tahlil bajariladi va kon 
ishlari rivojlanishining kalendar rejasi tuziladi. Kalendar reja asosida har yilgi va 
to‘la keltirilgan harajatlar va foyda aniqlanadi, komponentlarni olish dinamikasi 
belgilanadi, va texnik iqtisodiy baholash yo‘li bilan optimal variant tanlanadi. 
 
Chuqurlashtirishning optimal yo‘nalishini grafik analitik usulda aniqlash. 
Konning ko‘ndalang kesimida chuqurlashishning optimal yo‘nalishini 
aniqlash usuli A.I. Arsentg‘ev tomonidan ishlab chiqilgan. Me’zon sifatida foydali 
qazilma izochiziqlari usuli bo‘yicha aniqlanadigan o‘rtacha minimal (qazib olish 
boshlangandan buyon) ochish koeffitsientidan foydalaniladi. Konning ko‘ndalang 
kesimidagi foydali qazilmaning izochiziqlari – bu nuqtaning geometrik o‘rni 


bo‘lib, karer tubining ish xududida to‘g‘ri kelgan bittasiga surilganda bir xil 
miqdorda foydali qazilma qazib olinadi. Ko‘ndalang kesimdagi R
1
chiziq foydali 
qazilmaning izochizig‘i bo‘lib hisoblansin deb taxmin qilaylik. Agarda ish zonasi 
tubini γ

burchak ostida o‘tkazilgan chiziq bilan belgilangan konturdagi shu 
chiziqning har qanday nuqtasiga (masalan K, L, M nuqtalarga) joylashtirsak, unda 
ish zonasi konturlari ichidagi foydali qazilma
8.4 rasm. Foydali qazilma (2) izochizig‘ida ishchi xududini (1) chegarasini 
joylashish sxemasi. 
hajmi bir xil bo‘ladi, ya’ni R
k
=R
l
=R
m
. Kon massasining hajmi ish xududining 
chegarasi ichida minimal bo‘lganda, ish xududining bunday holati optimal bo‘ladi, 
shu sababli bu holda o‘rtacha (qazib olish boshlangandan buyon) ochish 
koeffitsienti minimal bo‘ladi, ya’ni
min





Yüklə 68,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin