Ma’ruza № 8
Mavzu : Prujinali mayatnik. Matematik va fizik mayatniklar. So’nuvchi va majburiy tebranishlar. Rezonans. To’lqin jarayoni. Yassi va sferik to’lqinlar va ularning tenglamalari. To’lqin faza tezligi
Mavzu rejasi
Mayatniklar (prujinali mayatnik, matematik mayatnik va fizik mayatnik).
So’nuvchi (erkin) tebranishlar va uning differensial tenglamasi.
So’nishning logarifmik dekrementi.
Tebranuvchi sistemaning aslligi.
Majburiy tebranishlar. Majbur etuvchi kuch. Majburiy tebranishlarning differensial tenglamasi.
Rezonans hodisasi.
To’lqin jarayoni.
Yassi va sferik to’lqinlar va ularning tenglamalari.
To’lqin faza tezligi
Tebranma harakatning tezligi, tezlanishi va ularning amplitudaviy qiymatlari, mayatniklar (matematik, fizik, prujinali), tebranma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi, keltirilgan uzunlik, mayatniklarning tebranish davrlari ,so'nuvchi va so'nmas tebranishlar, so'nishning logarifmik dekrementi, so'nish koeffitsiyenti, qarshilik koeffitsenti, asillik, rezonans, parametrik rezonans, avtotebranishlar
To'lqin, nur, sferik va yassi to'lqinlar, to'lqin fronti, to'lqin uzunligi, to'lqin davri, to'lqin tezligi, to'lqin tenglamasi, fazaviy va gruppaviy tezlik.
1. Mayatnik deb, og’irlik markazidan o’tmagan o’qqa nisbatan muvozanat vaziyati atrofida tebranma harakat qila oladigan (qattiq)jismlarga aytiladi. Mayatnikning turlari ko’p bo’lib, biz asosan matematik, fizik va prujinali mayatniklar bilan tanishib chiqamiz.
a) Prujinali mayatnik deb bir uchi mahkamlangan prujina va unga osilgan m massali yukdan iborat sistemaga aytiladi (8.1 - rasm).
Massasi m bo’lgan moddiy nuqta F natijaviy kuch ta’sirida a tezlanish bilan garmonik tebranish qiladi. N’yutonning II qonuniga asosan:
F = ma ga teng, shuning uchun: ma = - kx. (8.1)
Prujinali mayatnikning tebranish davri:
, (8.2)
b) Matematik mayatnik deb, cho’zilmaydigan vaznsiz ipga osilgan massasi m bo’lgan moddiy nuqtadan iborat sistemaga aytiladi (8.2- rasm).
Dostları ilə paylaş: |