Ma’ruza №9 Mavzu: Modullar kutubxonasini yaratish Reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.08.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#139638
  1   2   3   4
9 (1)



Ma’ruza № 9
Mavzu: Modullar kutubxonasini yaratish
Reja:
1. Modulli Tizimli dasturlash
2. Modul interfeysi va turlari
3. Usulning qulayliklari
4. Zamonaviy tillar va modulli dasturlash
Tayanch iboralar:
modul, interfeys, ob’ekt, bo’lim, abstrakt tip,
modullarni boshqarish, modul spetsifikatsiyasi.
Ma’ruza bayoni
Modulli programmalash zamonaviy texnologiyalardan hisoblanadi.
Katta va murakkab programma ta’minotini yaratishda avvalo uning
strukturasi va komponentalari orasidagi munosabatni aniqlash maqsadga
muvofiq.
Struktura (tarkib) masalasini muhokama qilsak u holda quyidagi
holatlarni qarab chiqishimiz kerak:
a) Programma yagona moduldan iborat va uni ijro etish uchun
operativ xotiraga to’liq yuklash kerak;
b) Programma bir nechta segmentlardan (bo’laklardan) iborat va har
bir segment kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadi va ijro
etiladi. i- modul o’rniga (i+1)- modul yuklanishi mumkin.
d) Programma rezident (bosh) qism va bir nechta norezident
qismlardan iborat. Rezident qism ish boshlanishida xotiraga yuklanadi.
Norezident qismlar esa navbat bilan ketma-ket yuklanadilar.


Shu va boshqa xususiyatlar programmaning tezkorligi va xotirani
egallashiga katta ta’sir qiladi, programma modullari, kutubxonalarini
yaratish jarayonida hisobga olinadi. Bu yerda bir nechta holatlar va
usullar mavjud. Ularni qisqacha ko’rib chiqamiz.
Programmani matn moduli bo’yicha strukturalash (tarkiblash).
Murakkab
programma
konstanta,o’zgaruvchilar,
turlar,
qismprogrammalardan iborat. Shuning uchun boshlang’ich modulni
qismprogrammalar, ya’ni
protsedura
va
funksiyalarga
nisbatan
tarkiblash (tartiblash) maqsadga muvofiq.
Faraz qilaylik Pascal oilasiga qarashli tillar berilgan. Bu tillarda
programmaning umumiy strukturasi quyidagicha berish mumkin.
Program ;

Procedure P1(P1 parametrlari );
;
Begin
End;
Procedure P2(P2 parametrlari );
;
Begin


End;_____________________________________________________
Begin
;
P1(faktik parametrlar);
P2(faktik parametrlar);
⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯⋯

End.
Strukturada uchta asosiy komponentalarni ajratish mumkin
a) Programma sarlavhasi
b) Protseduralar (funksiyalar) tasvirlanishi
d) Programma tanasi. Operatorlar va qismprogrammalarga murojaatlar.
Aytish kerakkim, formal va faktik parametrlar orasidagi aloqalarni
tashkil qilish programmalash tizimining translyatori zimmasiga yuklanadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin