Ma’ruza: Axborot tushunchasi. Axboriy jarayonlar Mashg’ulot maqsadi


Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə3/14
tarix25.06.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#135063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
46233 UMK

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:

  1. V. Rajaraman. Introduction to information technology (second edition). India, 2013.

  2. N. V. Makarova. Informatika. Darslik. T.: “Talqin”, 2005 y. 25-30 bb.

  3. R.Boqiyev, N.Mirzaxmedova, A.Primkulova. Informatoka. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur”, 2016 y. , 8-11 bb.


2– Ma’ruza: Bilimlarni olish usullari, bilimning asosiy xossalari. Bilimlar ombori
Mashg’ulot maqsadi: axborot, ma’lumot va bilim tushunchalari, ularning tarixiy, falsafiy, ilmiy va pedagogika tasniflari haqida tushunchalar hosil qilish.

Bilimlarni taqdim etish usullari bilimlar dasturida qanday tartibda turkumlashtirilganligini ko’rib chiqamiz. Bilimlarni taqdim etishning ko’pgina andozaviy usullari mavjud. har bir usul dasturini ayrim afzalliklari bilim olishga imkon bеradi, uni samaraliroq qiladi, uni tushunish va zamonaviylashtirishni osonlashtiradi. Eng muhim usullarning kеng obzorini «sun’iy aql bo’yicha ma’lumotnoma»dan topish mumkin.



  • Mantiqiy modellar.

  • Tarmoqli semantik modellar.

  • Freymli modellar.

  • Mahsulotli modellar.

Mantiqiy modellar.
Bilimlarni taqdim etish modellarining turli tumanligini ikki turga tasniflash mumkin.

  • Mantiqiy modellar.

  • Evristik modellar.

Mantiqiy modellarning asosida rasmiy nazariya tushunchasi yotadi. Mantiqiy modellarda bilimlarning aloxida birliklari (dalillar) o’rtasidagi munosabatlar rasmiy nazariyaning sintaktik bilimlari yordamida aks ettiriladi (masalan, predikatlarni hisoblash). Mantiqiydan farqliroq evristik modellar u yoki bu muammoli sohaning o’ziga xos xususiyatlarini uzatuvchi vositalarning turli tuman majmuasiga ega. Buning oqibatida evristik modellar mantiqiylardan ham imkoniyati yoki xuddi shunday aks ettirish, ya’ni muammoli sohani taqdim etish qobiliyati bo’yicha va xam chiqishning foydalanilgan mexanizmining samaradorligi bo’yicha ustivorlik qiladi. Evristik modellar tarmoqli, freymli yoki mahsulotli bo’ladilar. Mantiqiy modellar predikatlarni hisoblash tilidan foydalanadilar. Birinchi predikatga munosabatning nomi mos keladi, dalilning atamasiga esa - ob’ektlar. Predikatlar mantiqida foydalaniladigan barcha mantiqiy iborolar haqiqiy yoki yolg’on ma’noga ega. Masalan, “Djon EHM bo’yicha mutaxassisdir” iborasini ko’rib chiqamiz. Bu ibora quyidagicha taqdim etilishi mumkin (Djon EHM bo’yicha mutaxassis)dir. Ammo bu ibora quyidagicha interpritatsiyalanishi mumkin: qandaydir X ob’ekti mavjud, u EHM bo’yicha mutaxassisdir. Bunda yozuvning quyidagi formulasidan foydalaniladi: (X, EHM bo’yicha mutaxassis)dir.
”Smit IBM firmasida mutaxassis sifatida ishlaydi” iborasi 3 dalilga ega predikat ko’rinishida taqdim etilishi mumkin: ishlaydi (Smit, IBM firmasi, mutaxassis).
Mantiqiy modellar bilan ishlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Dalillarning tartibi xamma vaqt ushbu predmetli sohada qabul qilingan predikatning interpritatsiyasiga ko’ra berilishi kerak. Dasturchi dalillarning qayd qilingan tartibi haqida qarorni qabul qiladi va unga boshidan oxirigacha rioya qiladi.
Predikat dalillarning ixtiyoriy soniga ega bo’lishi mumkin. Predikat va u bilan bog’liq dalillardan tashkil topgan ayrim iboralar mantiqiy aloqalar yordamida murakkab iboralarga birlashtirilishi mumkin. Va (and, &), Yoki (or, V), Emas (not,~) implikatsiyalardan Agar..., Unda..., shakli bo’yicha qoidalarni shakllantirish uchun foydalaniladi.
Bir necha misollarni ko’rib chiqamiz:

  1. Predikatni nomi – bo’lmoq.

(Smit, EHM bo’yicha mutaxassis) & o’qimoqda (Smit, adabiyot ).
Smit EHM bo’yicha mutaxassisdir VA adabiyot o’qimoqda.
2) Predikatni nomi – hisobot bermoq.
(Smit, Djon) rahbarlik qilmoq (Djon, Smit)
AGAR Smit Djonning oldida hisobot bersa, UNDA Djon Smitga rahbarlik qiladi.
3) Predikatni nomi – yozdi.
(Smit, dastur) &NOT ishlamoq (dastur) sozlamoq (Smit, dastur kechqurin) OR topshirmoq (dastur, dasturchi, keyingi kun).
AGAR Smit dasturni yozsa VA u ishlamasa, UNDA Smit dasturni kechqurun sozlashi YOKI keyingi kuni dasturchiga topshirishi kerak.
Iboralarda dalillar sifatida o’zgaruvchilardan xam foydalanish mumkin. Bu holda o’zgaruvchanlar bilan ishlash uchun Kvantor tushunchasi kiritiladi. Kvantor ikki turda bo’ladi:
1) Umumiylik kvantor 
2) Mavjud bo’lishlik kvantori 
(X) ba’zi bir predmetli sohada tegishli bo’lgan qavs ichidagi o’zgaruvchilarning barcha ma’nolari haqiqiy bo’lishi kerakligini bildiradi.
(X) X ning ma’nolaridan faqat ba’zi birlari haqiqiy ,  dan biri boshqasining tarkibiga kirishi mumkin. Va kirish tartibidan iboraning ma’nosi o’zgaradi. Bir necha misollarni ko’rib chiqamiz:
1. (X) (EHM bo’yicha mutaxassis (X) dasturchi (X))
EHM bo’yicha barcha mutaxassislar dasturchi bo’ladilar.
2. (X) (EHM bo’yicha mutaxassis (X) yaxshi dasturchilar (X))
EHM bo’yicha ba’zi bir mutaxassislar yaxshi dasturchilar bo’ladilar.
3. (X) (Y) (xizmatchi (X) rahbar(Y,X))
Xar bir xizmatchining rahbari bor.
4. (Y) (X) (xizmatchi(X) rahbar (Y,X))
Barchaga rahbarlik qiluvchi qandaydir shaxs mavjud.
Predikatlarni hisoblash vositalari iboralarning ma’nosini o’zgartirmasdan turib, ularni EHMda ishlab chiqish uchun qulay shaklga o’zgartirishga imkon beradi. Bu holda o’zgartirish uchun bitta mantiqiy bog’lanish boshqasi orqali aks ettiriladi. Masalan, murakkab ibora.
N (N EHM bo’yicha mutaxassis (Smit) VA N rahbar (Smit)) quyidagicha aks ettirilishi mumkin: EHM bo’yicha mutaxassis (Smit) &rahbar (Smit) hisobot beradi (Djon, Smit) VArahbarlik qiladi (Smit, Djon).
Yoki quyidagi ko’rinishda:
N hisobot beradi (Djon, Smit ) VArahbarlik qiladi (Smit, Djon) shunday qilib,
A & B = ~ (~A VA~B)
A B = ~ A VA B

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin