Burg‘ilash minorasi va burg‘ilash quvurlar birikmasini tushirish va ko‘tarish
asbob-uskunalari
Burg‘ilash quduqlarini kovlash jarayoni burg‘ilash quvurlar birikmasini,
mustahkamlovchi quvurlarni va asbob-uskunalarni quduqga tushirish va ko‘tarish
hamda ularni og‘irligi bo‘yicha tutib turish kabi ishlar bilan kuzatiladi.
Foydalaniladigan asbob-uskunalarning og‘irligi bir necha o‘n tonnalarni
tashkil qiladi. Burg‘ilash arqonlarga tushadigan yukni kamaytirish va dvigatel
quvvatini pasaytirish uchun ko‘tarish (minora, chig‘ir, tal sistemasi qo‘zg‘almas va
qo‘zg‘aluvchan kronblok, osma arqoni, ilgak va shtrap) qurilmalaridan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |