2.Temperaturani o’lchash usullari va temperaturani o’lchovchi
asboblarning tasnifi. Modda temperaturasi boshqa termometrik modda xususiyatining o’zgarishini nazorat qilish yo’li bilan aniqlanadi.
Temperaturani o’lchashda moddaning shunday xususiyatlari tanlanadiki, u temperaturaga bog’liq ravishda o’zgarsin. Bu talablarga termometrik moddalarning quyidagi xususiyatlari mos keladi: xajmiy kengayish, berk xajmdagi bosimning o’zgarishi, elektr qarshilikning o’zgarishi, elekr yurituvchi kuchning (E.Yu.K.) paydo bo’lishi va nurlanish intensivligining o’zgarishi. Bu xususiyatlardan foydalanib temperaturani o’lchash usullari ishlab chiqilgan.
Temperaturani o’lchovchi asboblarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Kengayish termometrlari (temperaturani o’lchash chegarasi -1900C dan 5000C gacha);
Manometrik termometrlar (o’lchash chegarasi -1600C dan 6000Cgacha);
Elektr qarshilik termometrlari (o’lchash chegarasi -2000C dan 6500Cgacha);
Termoelektrik pirometrlar (o’lchash chegarasi -500C dan 18000Cgacha);
Nurlanish pirometrlari (o’lchash chegarasi 1000C dan 60000Cgacha).
SHunday qilib, temperaturani o’lchovchi asboblar shartli ravishda ikki turga bo’linadi: Termometriya, -2000C dan +6000C gacha chegarada temperaturani o’lchovchi asboblar - termometrlar (birinchi uch turi) va pirometriya, yuqori temperaturalarni o’lchovchi asboblar, pirometrlar (oxirgi ikki turi).
3.Kengayish termometrlari. Bu o’lchov asboblarining ishlash printsipi temperatura ta’sirida jismlarning xajmi va chiziqli o’lchamlarining o’zgarishi xususiyatiga asoslangan.
Suyuqlikli va mexanik kengayish termometrlari mavjud.
Suyuqlikli shisha kengayish termometrlari. Bu o’lchov asboblari ishchi
termometrik suyuqlik bilan to’ldirilgan rezervuar kichik diametrli kapilyar bilan
ulangan bo’lib, temperatura oshganda suyuqlik xajmi ortib kapilyar trubka
bo’yicha ma’lum bir balandlikga ko’tariladi. Suyuqlikning kapilyar trubkadagi
satxi ko’tarilishi bo’yicha temperatura aniqlanadi.
Bu termometrlarda ishchi suyuqlik sifatida simob va organik moddalar
(etil spirti, toluol pentan va boshqalar) qo’llaniladi. Simob ba’zi ustunliklarga
ega – o’lchash diapozonining kattaligi, -390S dan (rtutning muzlash
temperaturasi) 3570S gacha (rtutning qaynash temperaturasi); shishaning rtut
bilan xo’llanmasligi; toza rtutni olishning osonligi.
Simobning o’rtacha xajmiy kengayish temperatura koeffitsienti 0,18-10-3
grad-1.
Organik suyuqliklar bilan to’ldirilgan kengayish termometrlari yordamida
-190 dan 1000S gacha diapozonda temperaturani o’lchash mumkin. Xajmiy
kengayish temperatura koeffitsienti 1,13.10-3 grad-1.
Simob termometrlari temperaturani -350C dan 5000 C
gacha chegarada o’lchashga ishlatiladi. Yuqori temperaturalarni o’lchashda, simob qaynashining
oldini olish uchun, kapillyar tepasidagi bo’shliq inert gaz bilan ortiqcha bosimda to’ldiriladi (simob qaynash temperaturasini oshirish maqsadida).
Simob termometrlari ikki turda ishlanadi: o’rnatilgan shkalali va kapillyarli trubkaga chizilgan shkalali (palochnыy).
Kapillyarli trubkaga chizilgan shkalali termometr tashqi diametri 6-8 mmli qalin devorli kapillyar va unga ulangan rezervuardan tashkil topgan bo’ladi. Termometr shkalasi
bevosita kapillyarning tashqi
yuzasiga chiziladi. O’rnatilgan
shkalali termometr ingichka
Rasm.8.2 Rasm.8.3 Suyuqlikli (simobli) kontakt
termometrlari
SHuningdek, suyuqlikli (simobli) kontakt termometrlari ham ishlab chiqariladi (rasm 8.2-8.3 ). Ular odatda temperaturani signallash uchun va avtomatik rostlashda ishlatiladi. Bu o’lchov asbobining pastki va yuqori kontaktlari mavjud bo’lib (platinali yoki volьfram simlardan), ular tutashganda elektr zanjiri ulanib, relening boshqarish o’ramidan tok o’tadi va rele ishlab,
isitgichni uzadi. Temperatura kamayganda zanjir uziladi. Kontaktli
termometrlarning o’zgarmas kontaktli va kontaktni magnitli siljitgich yordamida xolatini o’zgartiruvchi qurilmali turlari mavjud.
Mexanik kengayish termometrlari. Mexanik termometrlarga dilotametrik va bimetallik termometrlar kiradi. Ularning ishlashi xar xil chiziqli kengayish temperatura koeffitsientiga ega bo’lgan ikki qattiq jismning temperatura ta’sirida xar xil kengayishiga asoslangan. Qattiq jism uzunligining L uning temperaturasiga bog’liqligi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi
L=L0 (1+ α t); (8.3)
L0 –00C da jism uzunligi; α - jismning o’rtacha chiziqli kengayish
temperatura koeffitsienti, grad-1.
Rasm.8.4 Dilatometrik termometr prinsipial sxemasi
Dilatometrik termometr (rasm.3.4), chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti katta bo’lgan (mis, latun yoki alyumin) materialdan yasalgan va o’lchanayotgan muxitga joylashtirilgan bir tomoni berk bo’lgan trubka 1 dan, hamda bu trubka ichiga o’rnatilgan va prujina 4 va richag3 bilan uning tubiga siqib turilgan sterjenь 2 dan tashkil topgan. Sterjenь chiziqli kengayish temperatura koeffitsienti kichik bo’lgan material (farfor, kvarts, yoki invar qotishmasi)dan tayyorlanadi. Ob’ektdagi temperatura o’zgarishi bilan trubka 1 uzunligi o’zgaradi va bu chiziqli o’lchamlari deyarli o’zgarmagan sterjenni siljishiga sabab bo’ladi. Bu siljish richaglar orqali o’lchov asbobi strelkasiga uzatiladi.
B imetallik termometr (rasm.8.5) ikkita egilgan va o’zaro kovsharlangan metall poloskalardan tashkil
topgan bo’lib, poloska 1,
chiziqli kengayish
temperatura koeffitsienti ( α)
1
katta materialdan va poloska
2, chiziqli kengayish
temperatura koeffitsienti ( 2 ) kichik bo’lgan materialdan tayyorlangan bo’ladi. Ushbu poloskalardan tashkil topgan
Dostları ilə paylaş: |