Ma’ruza. Kirish. Hayotiy jarayonlar. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 135,11 Kb.
səhifə17/18
tarix19.12.2023
ölçüsü135,11 Kb.
#184825
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1 Maruza

Kritik va sensitiv davrlar. Rivojlanishning kritik davrlari atamasi ona qornidagi hayotning embrion va homila jarohatlantiruvchi ekzogen omillarga tug‘ma nuqsonlar va ona qomidagi gipotrofiya shakllanishiga nisbatan birmuncha sezuvchan bo'lgan fazalarini xarakterlash uchun kiritilgan. Biroq kritik davrlar bolaning postnatal rivojlanishida ham mavjud bo’ladi va MNS, immun sistema, moddalar va energiya almashinuvining o‘ziga xos holatlari bilan ta’riflanadi. Kritik davrlarda bola organizmi metastabil noturg‘un holatda bo'ladi, chetga chiquvchi va patologik holatlar rivojlanishining birmuncha yuqori xatariga uchraydi. Ular .ham bola imkoniyatiariga noadekvat bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar, ham patogen agentlar (infeksion agentlar, ksenobiotiklar, toksik radikallar, ionlashtiruvchi radiatsiya va b.) ta’sirida vujudga kelishi mumkin. O‘sish va rivojlanishning kritik davrlarida kuzatiluvchi siljishlaming ko'pchiligi (masalan, yangi tug’ilgan chaqaloklar va hayotining birinchi oyidagi bolalar immun sistemasining fiziologik supressiyasi. bolalardagi fiziologik limfotsitoz, o‘smirlar xulqidagi variatsiyalar va h.) patologik sifatida ta’riflanishi kerak edi. Nerv va immun sistemalar o‘sishi, postnatal rivojlanishidagi kritik davrlar ko‘pincha vaqt bo‘yicha bir-biriga mos keladi, lekin ularning aniq davomiyligi individual bo‘ladi. Bola rivojlanishining kritik davrlari quyidagilar: • yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri; • hayotning 3-oyidan 6-oyigacha bo'lgan davri; • 2— 4-yillar; • 5—6-yillar; • 12— 15-yillar. Kritik davrning yuqorida keltirilgan chegaralari shartli ravishda belgilangan, chunki rivojlanish variatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Turli yoshdagi bolalar rivojlanishining morfofunksional o‘ziga xos-liklari va bizning mamlakatimizda qabul qilingan ta’lim jarayonini tashkillantirishning prinsiplarini (maktabdagi sistematik mashg‘ulotlaming boshlanishi, fanni o‘qitishga o‘tish, maktabni tngatish va hayot yo‘lini tanlash) hisobga olgan holda, xususan, ekosensitiv davrlar deb, hayotning 3-yiIi, 5 va 11—13 yoshli davrlari hisoblanadi. Bola hayotining qolgan davrlarida ijtimo’ly adaptatsiyaning ta'siri sezilarli bo‘ladi. Pubertat davr ham bolaning o‘sishi va rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi va ekosensitiv sifatida ko’rib chiqilishi zarur. Bu davrlami bilish turli yosh-jins guruhidagi bolalar salomatlik holatini tahlil qilish uchun muhimdir.


Yüklə 135,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin