Bola rivojlanishining davrlari. Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo'ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog'langan. Bola organizmi voyaga yetgan organizmdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. Tana vaznining ortishidagi, alohida a’zolar va to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar bola hayotining birinchi yilida va bolalik davrida yuzaga chiqadi. Voyaga yetgan davrda organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflekter faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarning rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi.
Qarish jarayoni o'ziga xos bo'lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog'liqdir. Bolaning rivojlanish davrlari tana va a’zolar og'irligi va kattaligi, skelet suyaklarining qotish darajasi, tishlarning paydo bo'lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to'qimalarning rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani yo'q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondanorganizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. shuning uchun quyidagi: yasli, bog'cha, boshlang'ich, o'rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo'ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan
Ona qornidaga rivojlanish davri. Ushbu davr, homila ovqatlanish, nafas olish, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to'liq bog'liqdir. Bu davrda homilaning o'sishi va rivojlanishi tez sodir bo'ladi.
Yangi tug‘ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug'ilish momentidan boshlanib, to 2,5-3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharo’ltiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tug'ilgan bolada ilk bor o'pka orqali nafas olish sodir bo'ladi va o'pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o'rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti funksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilaning oziqlanishini ta’minlaydigan tizimning uzilib tushishi va kindik yarasining tuzalishi sodir bo'ladi, tana og'irligini oldin kamayishi so'ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.
Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi 1,5 barobar kattalashadi va o'rtacha 75 sm ga yetadi, og'irligi uch barobar ortadi va 9-10 kg atrofida bo'ladi, asosiy almashinuv ortadi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so'z boyligi kam bo'ladi, ya’ni atagi 10 tacha so'zni tashkil qiladi.
Yasli yosh davri. Bu davrda 1 yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va tana og'irligining ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so'z nutqi ko'nikmalariga ega bo'lishi oqibatida, ularning atrof-muhit bilan muloqot qilish sohasi kengayadi. Bolada o'zini o'zga odamlardan farqlay olish qobilyati paydo bo'ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydL qo'lini beradi va h.k). A’zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi.
Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelet suyaklarining qotishi va suyak-mushak tizimining mustahkamlanishi jadal sodir bo'ladi, bolaning harakatlari ancha turli-tuman va koordinatsiyalangan holda sodir bo'ladi, yangi tug'ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og'irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko'p sonli bo'ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bo'yiga bir tekisda o'sm.aydi. Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-10 sm gacha o'sadi va buni bo'yining birinchi fiziologik cho'zilish davri deb ataladi.
Bolalarning vazni ham bir xilda ko'paymaydi. 4 yoshli bolaning og'irligi qariyb 1,6 kg ga ko'payadi, 5 yoshda 2 kg ga yaqin, 6 yoshga borib 2,5 kg, ya’ni o'rtacha hisobda yiliga 2 kg ga ko'payadi. 6-7 yoshga borib, bolaning og'irligi 1 yasharligidagiga nisbatan 2 baravar oshishi kerak. Bu yoshda teri tobora qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon- tomirlar soni kamayadi, u mexanik ta’sirlarga anchagina chidamli bo'lib qoladi. 6-7 yoshgacha bo’lgan bolalar terisining sirti 1 kg vaznga nisbatan hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko'proq bo’ladi, shu sababli ular saiga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin.
Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va skelet suyaklarining qotishi davom etadi, oyoqlarning o'sishi hisobiga tana proporsiyalari o'zgaradi, m ushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po'stlog'ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o'pka, yurak va boshqa a ’zolar hamda to'qim alarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus bezini qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va gipofizning funksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta’siri boshlanadi.
O‘rta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o'sish va tana vaznining ortishi bilan tavsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin-asta voyaga yetgan inson ko'rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o'g'il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining ta’sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig'i «organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi» sifatida faoliyat ko'rsatadi. Q o'zg'alish va torm ozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimining rivojlanishi tufayli murakkablashadi.
Yuqori maktab yoki o’spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, o'g'il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasining kuchayishi, ikkilamchi jinsiy yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Barcha a’zolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi. Iqlim va iqtisodiy sharo’ltga qarab qizlarda jinsiy yetilish taxminan 12-14 yoshdan boshlanib, 16-18 yoshlarda tugaydi, o'g'il bollalarda 13- 15 yoshdan boshlanib, 18-20 yoshlargacha davom etadi. Eng avvalo jinsiy belgilar paydo bo'ladi: qovg'a va qo'ltiqdan jun chiqa boshlaydi, qizlarda sut bezlari kattalashadi, o'g'il bolalar ovozi do'rillab qoladi. Jinsiy bezlarning yetilganlik alomati: qizlarda hayz ko'rish, o'g'il bolalarda ixtilom boshlanadi.
O'smirning vazni ortadi, bir yilda taxminan 3-5 kg semiradi. O'smirlar uchun tez o'sish, gavda proporsiyasining buzilishi xarakterli. Ularning bo'yi bir yilda taxminan 10 sm o'sadi, o'g'il bolalarga qaraganda qizlarning zo'r berib o'sishi ertaroq boshlanadi. O'smirlarda gavda, to'qima va a’zolarning barcha qismlari tez o'sadi va rivojlanadi, ularning uzunlashishi yaqqol seziladi. O'g'il bolalarning tanasi, qo'l, oyoq va chanoq ko'ndalangiga biroz o'sgach cho'ziladi. Yuz o'zgaradi, ko'krak qafasi shakli kattalarnikiga o'xshab qoladi.
Gavdaning ayrim qismlarini notekis o'sishi harakatlar uyg'unligining vaqtincha buzilishiga olib keladi. O'smir beso'naqay va qo'pol bo'lib qoladi. 15-16 yoshdan so'ng bu hodisalar sekin-asta o'tib ketadi. Bu davrda o'smirlarning partada to'g'ri o'tirishiga ahamiyat berish kerak, chunki gavdasini noto'g'ri tutib o'tirish, umurtqa pog'onasi qiyshayib qolishiga olib keladi. Chin tovush boylamlari hayotning birinchi yilida va 14-15 yoshda ayniqsa tez o'sadi. 12 yoshdan boshlab tovush boylamlari o'g'il bolalarda qizlarga nisbatan uzun bo'ladi, o'g'il bolalarning ovozi do'rillashi shu bilan izohlanadi. O'smirlarda o'pka tez o'sadi, umumiy hajmi kengayadi, 12 yoshga yetganda uning o'pkasi chaqaloqnikiga qaraganda 10 marta kattalashadi. O'smirlarning turli a’zolarida funksonal o'zgarishlar kuzatiladi. Yurak hajmi kattalashadi, «yoshlar yuragi» yoki «o'smir yuragi» hosil bo'ladi, quloq solganda shovqin eshitiladi. Ko'pchilik holatlarda qon bosimining oshishi (yoshlar geppertoniyasi), yurakning kuchliroq tepishi, tomirninng tez urishi kuzatiladi (bazan bosim pasayib, puls siyraklashadi), hansirash, chakka sohasi og'rishi mumkin. Ayrimlarida to'satdan qisqa muddat bosh aylanishi, xushdan ketish (ko'pincha qizlarda), me’da ichak yo'llarining har xil bo'limlarida qisilish holati kuzatiladi. Uzoq vaqt tik turganda, qimirlamay o'tirganda bosh aylanishi, yurak va qorin sohalarida noxush sezgi paydo bo'ladi. Majburan uzoq vaqt tik turganda ayrim o'smirlar xushidan ketishi va qusishi mumkin.
Ularning rangi oqaradi, qo'l barmoqlari muzdek bo'lib qoladi, ba’zan ko'kimtir rangga kirishi ham mumkin. Bu hodisalaring barchasi yotgandan so'ng o'tib ketadi. Bunday o'smirlarda juda ko'p terlash, qizil dermograflzm (teriga timoq bilan chizganda qizil yo'l qoladi), kayfiyatining darrov o'zgarishi kuzatiladi. Bunday hodisalarga shu yoshga xos vegetativ asab tizimi va endokrin tizimning beqarorligi, ruhiy va jismoniy zo'riqish sabab bo'ladi. Yosh ulg'ayishi bilan bu alomatlar, odatda o'z-o'zidan o'tib ketadi, ammo shunday hodisalar paydo bo'lganda uning haqiqiy sababini aniqlash uchun, albatta, shifokorga uchrashi lozim.
Moskvada yosh fiziologiyasi va jismoniy tarbiya instituti tomonidan 1965-yilda yoshga oid davriylik muammolariga bag'ishlab o'tkazilgan simpozium barcha ilmiy, ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarga quyidagi yoshga oid davriylik sxemasidan foydalanishni tavsiya qilgan: 1. Yangi tug'ilgan davr - birinchi 10 kun; 2. Go'daklik yosh davri - 1 yoshgacha; 3. Ilk bolalik davri - 1-3 yosh; 4. Birinchi bolalik davri - 4-7 yosh; 5. Ikkinchi bolalik davri - o'g'il bolalar 8-12 yosh, qiz bolalar 8-11 yosh; 6. O'spirinlik davri - o'g'il bolalar 13-16 yosh, qiz bolalar 12-15 yosh; 7. Navqironlik davri - o'g'il bolalar 17-21 yosh, qiz bolalar 16-20 yosh; 8. Yetuklikning birinchi davri: erkaklar 35 yoshgacha, ayollar 21-35; ikkinchi davr: erkaklar 36-60 yosh, ayollar 36-55 yosh; 9. Qarilik yoshi-erkaklar 61-71 yosh, ayollar 56-74 yosh; 10. Keksalik yoshi-erkaklar va ayollar 90 yoshgacha; 11. Uzoq umr ko'ruvchilar - erkaklar va ayollar 90 yosh va undan yuqori. Keyinchalik har bir yoshga oid davrni eksperimental asoslash paytida ushbu davriylikka aniqlik kiritilishi mumkin.