Ma’ruza. Kirish. Hayotiy jarayonlar. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 135,11 Kb.
səhifə10/18
tarix19.12.2023
ölçüsü135,11 Kb.
#184825
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
1 Maruza

Organizm va muhit. Barcha organizmlar tashqi muhit sharo’ltiga moslashadi. Har xil organizmlar m a’lum tashqi muhit sharo’ltiga ko'nikma hosil qilgan, shuning uchun faqat ma’lum sharo’ltda yashashi va rivojlaniShi mumkin. Organizm butun rivojlanish protsessida - urugiangan tuxum hujayradan to voyaga yetgunga qadar to'xtovsiz genotipning (organizmning o'ziga xos meros qilib olgan belgilari) nazorati ostida va tashqi sharo’lt ta’sirida bo’ladi. Xo'sh, odam o'ziga nimani meros qilib oladi? Odam o'zining butun «biofondini» meros qilib oladi, ya’ni butun organizmini ko'z, sochining rangini, organlar shaklini, nerv sistemasini, sezgi organlarni va boshqalarni meros qilib oladi, biroq, bola tugilganidan boshlab ijtimo’ly muhit sharo’ltlarida o'sib, rivojlanib boradi, biologik va ijtimo’ly omillarning o'zaro ta’siri natijasida o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lgan organizm shakllanadi, ular fenotipni belgilab beradi. Hayot jarayonida bola organizmi tashqi muhitning beto'xtov almashinib turadigan juda ko'p omillari ta’siriga duch keladi, bu omillar kasallik paydo qilmaydi, chunki organizm asab va gumoral boshqarish vositasida tashqi muhitga do’lmo moslashib boradi, organizm bilan tashqi muhit o'rtasida do’lmiy muvozanat saqlanib, bu holat yashash va sog'liqning zarur sharti hisoblanadi. Tirik organizm ma’lum bir joyda yashar ekan, unga o'sha joyning harorati, namligi, havo bosimi, yorug'ligi, radiatsiyasi, havosi va boshqa omillar ta’sir qilib turadi; har bir organizm uzoq yillardan beri ma’lum bir joyda yashab kelganligi tufayli u o'sha joyga moslashadi. Mashhur fiziolog olim I.M. Sechenev bu borada shunday degan edi: «Biron tirik organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi». Tashqi muhit omillari organizmga sezgi organlar (teri, eshitish, ko'rish, hid bilish, ta’m bilish) orqali ta’sir etib, markaziy nerv sistemasida bu ta’sirlar analiz va sintez qilinadi. Undan keyin ta’sir barcha to’qima va organlarga berilib, ulardagi fiziologik jarayonlar muayyan sharo’ltga moslashadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmda tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to'qim a va organlarning fiziologik faoliyati do’lmiy bo'liShini ta’minlovchi moslanish ya’ni gomeostaz vujudga kelgan. Barqaror gomeostaz ko‘rsatkichlarga: tana haroratining do’lmiyligi, qon va to'qima suyuqligining osmotik bosimi, ular tarkibidagi kaliy, natriy, kalsiy, xlor ionlarning va qonda qand miqdorining do’lmiyligi kabilar kiradi. Albatta, organizm ichki muhitining do’lmiylhqi muhitning noqulay ta’siri natijasida bu muhitning do’lmiyligi o‘zgaradi. Lekin nerv -gumoral sistemaning boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu do’lmiylik yana tiklanadi. Masalan, yoz oylarida havo harorati juda ko‘tarilib ketsa (40 gradusdan yuqori), organizm tanani sovutish choralarini ko'radi. Buning uchun ko'p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi. Organizmning hujayra va to'qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo‘lishi kamayadi. Bu bilan organizm qizib ketishdan o'zini saqlaydi. Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo'ladi. Terlash kamayib, to'qim alarda energiya ajratish ham susayadi, organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, energiya hosil bo‘lishi ko'payadi. Bular natijasida issiq va sovuq Sharo’ltda tana haroratining do’lmiyligi ta’minlanadi. Atrof-muhit tushunchasi keng ma’noli tushincha bo'lib, uchta omilni o‘z ichiga oladi: 1. Abiotik omil. 2. Biotik omil. 3. Ijtimo’ly-iqtisodiy omil. Abiotik omillar tirik organizm jumladan inson organizmiga ta’sir etib, ulami hayotga moslashuvida muhim ahamiyatga ega. Bu omillarga fizik va kimyoviy omillar kiradi. Muhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar kiradi. Bular odamning me’yordagi hayot faoliyati va sog‘lig‘i uchun zarurdir. Biroq ular kasallik sababchisi ham bo‘lishi mumkin. Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli moddalar aholi orasida allergiya, nafas olish, oshqozon- ichak, yurak-qon tomir, nerv sistemasining har xil kasalliklari ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Havo harorati, namligi atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, shovqin, tebranish, elektromagnit, issiqlik, gravitatsion omillar fizik omillar hisoblanadi. Biologik omillarga mikrob, viruslar, gijjalar, zamburug'larni kirgizish mumkin. Ular nafas va ovqat hazm qilish yo'llari yoki teri orqali organizmga kirib yuqumli kasallik chaqiradi. Ijtimo’ly iqtisodiy omil o'z ichiga ijtimo’ly-ruhiy, demogrifik, milliy, etnik va iqtisodiy elementlarni oladi. Masalan, bularga yashash joy, o’lla va ish joydagi, o'quv korxonasidagi munosabatlar, turmush tarzi, ovqatlanish va ovqat tarkibi, dam olish, ishlash va boshqalar kiradi.
Bola jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar o'qituvchilar, ota-onalar, o'rtoqlari bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar natijasi ta’sir ko'rsatadi. Demak, biologik va ijtimo’ly omillarning o'zaro ta ’siri natijasida o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lgan organizm shakllanadi. Xalq ho'jaligini mexanizatsiyalashtirish, avtomotizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, urbanizatsiya, shovqin odamning kam harakatchanligi, biologik ritmning buzulishi, yuqori hissiy, ruhiy zo'riqish, stress holatlari. Havo, suv va tuproqning ifloslanishi, noto'g'ri ovqatlanish, dori-darmonlami ortiqcha iste’mol qilish, chekishning keng tarqalishi, spirtli ichim liklarni iste’mol qilish va giyohvandlik kabi om illar odam organizmiga ta’sir lco'rsatib, uning tashqi muhitga moslashish qobilyatini pasaytiradi. Bu esa turli xil kasalliklarning paydo bo'lishiga olib keladi.

Yüklə 135,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin