Ma’ruza. Kirish. Hayotiy jarayonlar. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari


Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya



Yüklə 135,11 Kb.
səhifə7/18
tarix19.12.2023
ölçüsü135,11 Kb.
#184825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1 Maruza

Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanish bir-biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo'lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo'lmaydi, chunki biron-bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirm aydi. Ontogenezda birinchi navbatda , ontogenezning ushbu bosqichida yoki yaqin kelajagida organizmni yashashi uchun zarur bo’lgan a’zo va tizimlarning rivojlanish tezligi o'zgaradi. Ushbu bosqichda zarur bo'lmagan funksional tizimlarning rivojlanishi esa, aksincha orqada qoladi.
Geteroxroniyaga misollardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Go‘dakni tug’ilgan momentda yashashini ta’minlash uchun, ontogenezning birinchi bosqichida hayot uchun muhim aham iyatga ega bo’lgan funksional tizimlari uning embriogenez jar ayonida oldindan yetiladi. Bunga, go‘dakning sut emish, yo’nalish, ko‘zini ochib-yumish va shu kabi uni ovqatlanishi, muhitning zararli ta’sirlaridan himoyalanish funksiyalarini ta’minlovchi reflekslari kiradi. Ushbu reflekslarning biologik faolligi muhimdir. Agar chaqaloq tug'ilgan vaqtda, uning so’rish funksional tizimi yetilmagan bo’Isa (bola muddatidan ancha ilgari tug'ilgan holatda yuzaga keladi) unda so’rish refleksini chiqarish uchun choralar ko'rish zarurati kelib chiqadi. Aksirish, yo’talish va ko’zni ochib-yumish reflekslari yordamida go’dakning nafas yo’lari hamda ko’z soqqasidagi uning hayoti uchun xavfli holatni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan zarrachalar va changlar chiqarib yuboriladi.
Tug’ilish vaqtida yetilmagan yoki to’liq yetilmagan funksional tizimlar mavjud. Go'dak kallasi terisida asab oxirlariga ega bo'lgan uchlamchi asab, tug'ilish vaqtida o'ziga xos bo'lgan funksiyalarni bajarishga tuzilmaviy va funksional jihatdan tayyor bo'lmas ekan. Buyrak innervatsiyasida geteroxroniya, simpatik innervatsiyaning yetilishini, ilgarilab ketishi ko'rinishida namoyon bo'ladi, parasimpatik innervatsiya (adashgan asab) esa, faqatgina 15-16 yoshga kelib yurak faoliyatini boshqarishda to'liq qatnasha boshlaydi.

Yüklə 135,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin