Ma’ruza. Kirish. Hayotiy jarayonlar. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 135,11 Kb.
səhifə9/18
tarix19.12.2023
ölçüsü135,11 Kb.
#184825
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1 Maruza

Organizmning umumiy tuzulishi: Organizm - bu yaxlit, barcha hujayralar, to‘qimalar, a’zolar va a’zolar tizimining tuzilishi va funksiyalari jihatidan o ‘zaro bog’langan har qanday hujayra, to‘qima va a’zolar tizimlari funksiyasi
moddalar almashinuvining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va bu o’zgarish, o'z navbatida, boshqa hujayralar, to‘qimalar va a’zolar tizimida moddalar almashinuvi o‘zgarishini chaqiradi. Shu sababli organizmdan ajratilgan hujayralar, to‘qimalar va a’zolaming funksiyasi hamda moddalar almashinuvi, organizmda kechayotgan jarayonlardan farq qiladi. Shunday ekan, organizmning izolatsiya qilingan qismlaridan olingan ma’lumotlami - qonuniyatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri butun organizmga o’tkazish haqida so‘z yuritish mumkin emas. Masalan, butun organizmga xos bo’lgan, yangi organizmlaming hosil bo’lishiga olib keluvchi ko‘payish, xulq-atvor va fikrlash kabi fianksiyalar izolatsiya qilingan qismlar uchun xos bo’lmagan funksiyalardir.
Organ. Ma’lum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va to‘qimalar to'plami organni hosil qiladi. Har bir organ odam organizmi uchun muhim bo’lgan aniq bir vazifani bajaradi. Masalan, yurak nasos sifatida arteriya tom irlaridagi qonni vena tom irlariga o ‘tkazib, organizmda qon aylanihini ta’minlaydi. 0‘pkalar nafas olish va nafas chiqarish orqali organizmning barcha hujayra va to‘qimalarini kislorod bilan ta’minlaydi. Buyraklar organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq moddalarni tashqariga chiqaradi va hokazo.
Organlar sistemasi. Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta organlar yigindisi organlar sistemasi deyiladi. Masalan, nafas organlari sistemasi: burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar hamda o ‘ng va chap o‘pkalardan tashkil topgan; yurak-qon tomirlar sistemasi: yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari hamda tugunlaridan iborat.
Organizm butunligi. Yuqorida aytilganlardan m aium ki, odam organizmi murakkab biologik sistema bo’lib, u hujayralar, to'qimalar, organlar va organlar sistemasidan tashkil topgan. Odamda quyidagi sistemalar shakllangan bo’lib, ular do’lmo ishlab turadi: 1) tana negizini hosil qiladigan, tana qismlarining bir-biriga nisbatan harakatlanishi hamda organizmning fazoda harakatlanib borishini ta’minlab beradigan tayanch-harakat sistemasi; 2) atrofdagi muhitdan qonga kislorod yetkazib berish va moddalar almaShinuvining oxirgi mahsulotlaridan biri karbonat angidrid gazini organizmdan chiqarib yuborishni ta’minlovchn nafas sistemasi; 3) qon va limfa tomirlarida qon bilan limfa yurib turishini ta’minlab beradigan yurak-tomirlar sistemasi; 4) ovqatni o‘zlashtirib, hazm qilish uchun, shuningdek oziq moddalarning qon bilan limfaga so‘rilib o'tishi uchun xizmat qiluvchi hazm sistemasi; 5) moddalar almashinuvi mahsulotlarini organizmdan chiqarib turishni ta’minlab beruvchi ajratish (yoki chiqarish) sistemasi; 6) endokrin sistema, bu sistema bezlari organizm funksiyalarining gumoral yo'l bilan idora etilishida qatnashuvchi gormonlarni ishlab chiqaradi; 7) ko'payish funksiyasini ado etadigan va shu organizmlarning yashab qolishini quvvatlab turadigan jinsiy sistema; 8) tashqi dunyodan va organizmning ichki muhitidan keladigan ta’surotlarni idrok etuvchi sezgi organlari sistemasi; 9) barcha sistemalarning holati bilan faoliyatini idora etib boradigan nerv sistemasi. Organizm naqadar murakkab tuzilganligidan qat’iy nazar, uning barcha to'qima va organlari bir biri bilan uzviy bog'langan holda ishlaydi.

Yüklə 135,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin