Hujayra va to`qimalarnining umumiy tuzilishi Inson tanasi taxminan 75 × 10 12 hujayradan iborat (= 75000 milliard hujayradan), shundan 25 × 10 12 (25000 milliard) gacha qonda eritrotsitlar uchraydi va shu sababli eng keng tarqalgan hujayralarni tashkil qiladi. Qolgan hujayralardan 100 × 10 9 (= 100 milliard) asab tizimining bir qismidir.1 Tuzilishi , kelib chiqishi va funksiyasi bir-biriga o`xshash bo`lgan hujayralar to`plami to’qima deb ataladi. Organizmdagi hamma to`qimalar 4 guruhga bo`linadi:
Tiriklikning eng kichik birligi hujayra hisoblanadi. Hujayralar shakli, tashqi, ichki tuzilishi va bajaradigan funksiyasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Hujayralar sharsimon, duksimon, prizmasimon, kubsimon va boshqa shakllarda bo’lib, hajmi 5-10 mikrondan 100 mikrongacha bo’ladi. Hujayrani o’rganuvchi fan sitologiya deyilib, uning ma’lumotlariga ko’ra odam hujayrasining o'rtacha vazni 10-7 dan 10-5 gacha bo'ladi.
Har bir hujayra membrana (parda), sitoplazma, yadro va hujayra organoidlaridan tashkil topgan.
Hujayra membranasi 3 qavat tuzilishga ega, har biri taxminan 25 A0 qalinliklarda bo’ladi. Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi moddalar almashinuvini boshqaradi, hamda turli ionlarni tanlab o'tkazish xususiyatiga ega.
Hujayra organoidlariga maxsus tuzilishga ega bo'lgan va ma'lum bir funksiya bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik to'r, ribosoma, Golji kompleksi, mitoxondriya, lizosoma, hujayra markazi va hokazolar.
Endoplazmatik to'r juda ko'p naycha, pufakcha, vakuolalar, donachalarni hosil qilgan membranadan iborat bo’lib, asosiy funksiyasi oqsil, uglevodlar, yog’ va yog’li gormonlar sintezlanishida qatnashishidan iborat.
Ribosomalar oqsillar sintezida ishtirok etuvchi hujayra organoidi hisoblanadi. Voyaga yetgan eritrositlarda ribosomalar bo'lmaydi.
Golji kompleksi qo'sh qavat membrana bilan qoplangan yirik vakuolalar va mayda pufakchalardan iborat. Endoplazmatik to’rda sintezlangan moddalar Golji kompleksiga keladi. Bu yerda konsentrasiyalanib, ma'lum shaklga kirib tashqariga chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o'zida sarflanadi. Shuningdek uglevodlar sintezida, lizosomalar va hujayra membranalarini hosil bo’lishida ishtirok etadi.