maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


- rasm. Xom ashyo aksial xarakat qiluvchi dizel yonilg‘isini gidrotozalash reaktori



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə108/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

2.2- rasm. Xom ashyo aksial xarakat qiluvchi dizel yonilg‘isini gidrotozalash reaktori:

1-taqsimlovchi tarelka; 2-filtrlash moslamasi; 3-qobiq; 4-kolosnik panjarasi; 5-bug‘ni kirtish uchun kollektor; 6-chinnidan tayyorlangan sharlar; 7-tayanch halqasi; 8-tayanch; 9,11-katalizatorni tushirish uchun shtutserlar; 10,12-termoparalar. Oqimlar: I- xom ashyo; II-reaksiya mahsulotlari.

Katalizatorning yuqorigi qatlami ikki qator to‘r va chinni sharlar joylashtirilgan kolosnik panjara 4 yordamida ushlab turiladi. Katalizatorning yuqorigi va pastki qatlamlari oralig‘idagi bo‘shliqda bug‘ni kiritish uchun kollektor 5 bor. Reaktorning pastki qismida chinnidan yasalgan sharlar qatlami mavjud. Ushbu qatlam, birinchidan, katalizatorning pastki qatlami uchun tayanch hisoblansa, ikkinchidan, reaksiya mahsulotlarini uskunadan bir meyorda chiqarib turishga xizmat qiladi. Yuqorigi tubda ko‘p zonali termoparalar 12 ni o‘rnatish uchun uchta shtutser bor. Ushbu termoparalar yordamida katalizator qatlamidagi harorat maydonini va reaktorning o‘rta qismidagi haroratni nazorat qilib turish mumkin. Yuqorigi qatlamdagi katalizatorni tushirish uchun uskuna devoridagi shtutser 11 orqali, pastki qatlamdagi katalizatorni tashqariga chiqarish uchun esa pastki tubda joylashgan shtutser 9 yordamida amalga oshiriladi. Reaktordagi yuqorigi va pastki katalizator qatlamlari oralig‘ida tuynuk o‘rnatilgan. Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun qulaylik yaratish uchun uskunaning pastki qismida tutqichlar bor.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin