Oldingi paragrafda aytib o‘tilganidek, qobiq-trubali qurilmalar eng ko‘p tarqalgan issiqlik almashinish qurilmalari xisoblanadi. Gost 9929—82 ga asosan qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari po‘latdan quyidagi tiplar bo‘yicha tayyorlanadi: N— kuzgolmas truba turlari bilan; K— temperatura yuqori bo‘lganda qobiq va trubalarning turlicha uzayishini xisobga oluvchi va qobiqda joylashgan kompensator bilan; P — xarakatchan kalpokchali; Y - U— simon trubali; PK — xarakatchan kalpokchali va undagi kompensator bilan.
Misli qobiq-trubali qurilmalar gost 11971—77 ga asosan ikki tipda (N va K) tayyorlanadi. Maqsadga ko‘ra qobiq-trubali qurilmalar issiqlik almashgich, sovitkich, kondensator va bug‘ latkich sifatida ishlatilishi mumkin, ular bir va ko‘p yo‘lli qilib tayyorlanadi.
Kime sanoatida suyuq va gaz muxitining temperaturasi — 60 dan +600°s gacha o‘zgargan sharoitda ishlatiladigan po‘latli qobiq — trubali qurilmalarning ayrim parametrlari 10.1- jadvalda berilgan.
10.1-jadval. Po‘latli, qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalarining ayrim parametrlari