Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan uskunalar ekstraktorlar deb ataladi.
2.9. Issiqlik almashinish apparatlari
Kime sanoatida maxsulotlarni issiqlik ta’sirida kayta ishlash jarayonidan keng foydalaniladi. Bu narsa quyidagi maqsadlarda olib boriladi: 1) jarayon temperaturasini berilgan darajada ushlab turish; 2) sovuq, maxsulotni isitish yoki issiq maxsulotni sovitish; 3) bug‘ ni kondensatsiyalash; 4) eritmalarni quyiltirish va boshqalar.
Bu jarayonlar aloxida olingan issiqlik almashinish qurilmalarida yoki texnologiya qurilmasining uzida amalga oshiriladi.
Issiqlik almashinish qurilmalari umuman olganda ikkiga bo‘linadi: issiqlik almashinish qurilmalarining o‘zi va reaktorlar. Issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik almashinish jarayoni asosiy jarayon xisoblanadi. Reaktorlarda esa fizik-kimyoviy jarayonlar asosiy xisoblanib, issiqlik almashinish esa yordamchi jarayondir.
Kime, neft kimyosi, neftni kayta ishlash, ozik-ovkat sanoatlari korxonalarida ishlatiladigan texnologik uskunalarining katta bir ulushini issiqlik almashinish qurilmalari tashqil qiladi. Kime sanoatida ishlatiladigan issiqlik qurilmalari umumiy qurilmalarning o‘rta xisobda 15—18% ini tashqil etsa, neft kimyosi va neftni kayta ishlash sanoatlarida esa bu raqam 50 % ga teng, chunki kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari (bug‘latish, rektifiklash, quritish va boshqalar) issiqlikning berilishi yoki uzatilishi bilan bog‘liqdir.