Sanoatda turli-tuman issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Ish prinsipiga ko‘ra issiqlik almashgichlar uchga bo‘linadi: 1) reko‘perativ; 2) regenerativ; 3) aralashtiruvchi.
Reko‘perativ (yoki yuzali) issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muxitdan ikkinchisiga ularni ajratuvchi devor orqali o‘tadi.
Regenerativ issiqlik almashgichda qattiq jismdan tarkib topgan bir xil yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo‘ladi. Qattiq jism unga tegib o‘tgan issiqlik tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o‘tganda esa qattiq jism uz issiqligini unga berib soviydi. Shunday qilib bunday qurilmalar (regeneratorlar) da issiqlik tashuvchi agentlarning xarakatidan tashqari qattiq jismning mavjud bo‘lishi zarur.
Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o‘zaro uchrashuvi va aralashuvi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi. Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko‘ra turlarga bo‘linadi:
Konstruktiv tuzilish bo‘yicha — trubadan qilingan qurilmalar (qobiq-trubali, «truba ichida truba», zmeyevikli va boshqalar); issiqlik almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); issiqlik almashinish yuzani tayyorlashda nemetall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va xokazo)dan foydalanilgan qurilmalar;