kam mahsulli quduqlar va neft sathi kam quduq chuqurligi 900-;
gaz miqdori o‘rtacha va quduq chuqurligi 1500 m gacha bo‘lganda;
suv tarkibida tuzlar ko‘p bo‘lganda va quduq chuqurligi 1500 m gacha;
quduqlarda egriliklar bo‘lganda.
Yuqori qismi harakatlanadigan qilib tayyorlangan nasoslar unchalik chuqur bo‘lmagan quduqlarda neft satxi yuqori bo‘lganda va suyuqlik tavrkibida yuqori darajada chumoq zarrachalar bo‘lganda qo‘llaniladi.
Quvurli nasoslar konstruksiyasi bo‘yicha mustahkam va barilish turi bo‘yicha oddiy hisoblanadi. Quvurli nasos silindri NKQ kolonnasi pastki qismiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tutashadi va quduqga NKQ bilan birga tushiriladi. Nasos plunjeri kolonna shtangalari yordamida tushiriladi. Quvurli nasoslarni Gazli omili yuqori bo‘lgan muxitlar uchun qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Chunki so‘ruvchi klapan uzelining uzunligi va plunjerdagi tutuvchi qurilma plunjer yo‘li pastki qismida so‘rilayotgan suyuqlik bo‘lmagan hajmga ega bo‘ladi. Bu esa nasos klapanining ishlash samaradorligini va nasosning quduqdan so‘rish samaradorliklarini kamaytiradi.
Nasos shtangalari tizmasining hisobi shtanganing charchash mustaxkamligidan kelib chiqadi. Shtangalar tizmasining har bir nuqtadagi kesishda keltirilgan zo‘rlanishlar ushbu shtanga yasalgan material uchun cheklangan ko‘rsatkichlardan oshmasligi kerak.
Nasos shtangalari tizmasining umumiy og‘irligini kamaytirish va shuning bilan birga, nasos qurilmasiga tushadigan zo‘rlanishlarni pasaytirish mao‘sadida ko‘p pog‘onali shtanga tizmalari qo‘llaniladi.