Burg‘ilash qurilmasi chig‘iriqni aniq yuk ko‘taruvchanligi bilan jamlanadi. Burg‘ilash quvurlarini qulfli birikmalarini burab mahkamlash va burab ajratib olish ishlarini mexanizatsiyalash uchun AKB-3M avtomatik burg‘ilash kalitlaridan PKB-1 osma kalitlar, PKR-560 pnevma PKB-1 tik qamrovchi ponalardan, burg‘ilash quvurlarini mexanik kamrashda va bo‘shatishda foydalaniladi. AKB_3M kaliti (7.11-rasm) chig‘iriq va rotor poydevori oralig‘iga o‘rnatiladi.
Kalitni asosiy qismlari kalitlar bloki (1), pnevmatik silindrli aravacha (2) ustun (3) va boshqaruv pultlari (4) hisoblanadi.
Burg‘ilash quvurlarini burab mahkamlash va burab ajratib olish aravachaga montaj qilingan kalitlar bloki yordamida amalga oshiriladi. Qaysiki u ikkita pnevmatik silindrlar yordamida yo‘nalish bo‘yicha siljitiladi: rotorda o‘rnatilgan burg‘ilash quvuriga yoki undan qaytma yo‘nalishda.
Qisuvchi qurilmalar kalitlar blokini harakatlanish mexanizmi kabi, pnevmatik silindrlardan ishlaydi, 4-chi boshqaruv pulti yordamida qo‘shiladi. Shu maqsadda tizimga resivardan siqilgan havo beriladi.
So‘nggi yillarda AKB-3M2 kalitlari AKB-3M kalitlari konstruksiyasi asosida ishlab chiqilmoqda.
AKB-3M2 burg‘ilash kalit bazasida ishlangan va zavoddan ko‘p miqdorda AKB-3M2-E2 kaliti ishlab chiqarilmoqda.