Tizmaning pastki qismini kalit burg‘ilash asosiga qattiq mahkamlaydi. Boshqaruv pulti kalit ishini oraliq masofadan boshqarilishini ta’minlaydi.
AKB-3M2-E2 kalitlarni qo‘llash oblasti va burab mahkamlashi - burab ajratib olish oralig‘i AKB-3M2 kalitiga o‘xshaydi.
Kalit PKB-1 burg‘ilashda arqonga osiladi. Uni osilish balandligi boshqa pultidan pnevmatik silindr bilan boshqariladi.
So‘nggi yillarda burg‘ilash quvurlarini va mustahkamlash quvurlarini burab mahkamlash va ajratib olishda neft va gaz quduqlarida ishlangan va avtomatik ikkita tezligi pnevmouzatmali AKB-4 burg‘ilash kalitlaridan foydalaniladi. AKB-4 burg‘ilash kaliti AKB-3M2 kalitlar bazasida ishlangan bo‘lib, yuqori koeffitsiyentli bir xillikka ega.