Lekin texnologik suvni qo‘llanilishi chegaralanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda u qatlamga filtrlanib, kollektorlarni o‘tkazuvchnligini pasaytiradi, natijada quduqdan neft qazib olish debitini pasaytiradi. Suv sirkulyatsiyasi to‘xtab qolganda tog‘ jinslarini ushlab turolmaydi, loy jinslarni bo‘lishiga olib keladi va hakozo.
Shuning uchun loyli burg‘ilash eritmalari qo‘llaniladi, loyli eritmalarni tayyorlash uchun bentonik, kaomin va boshqa loylar qo‘llaniladi. Bir tonna bentonitli loylarga 14-15m3 suv aralashtirilganda sifatli loyli eritma olinadi, o‘rta va past sortli loydan 4÷8m3 eritma tayyorlanadi.
Loyli eritmalarni zichligi va qovushqoqligi shunday taqqoslanadiki, eritmalarni sirkulyatsiya to‘xtatilganda u parchalangan tog‘ jinsini zarrachalarini muallaq ushlab turishi kerak, qatlamga filtratlarni kirib borishiga to‘sqinlik qiladi, quduqni devorini yaxshi loylaydi va neft gazni ochiq otilishiga to‘sqinlik qilishi kerak.