Burg‘ilash ishlarini boshlashdan oldin quduqni burg‘ilash joyidagi maydon begona predmetlardan tozalanadi, o‘rmon mavjud bo‘lganda daraxtlarni qirqish va kundalar qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Agar burg‘ilash ishlari botqoqli joyda olib borilsa yo‘l tayyorlanadi. Maydoncha qurilish materiallari to‘qiladi, burg‘ilash qurilmasi tagidagi botqoqlik bartaraf qilinadi.
Qurilish maydoni tekislanadi, elektr uzatmasi, aloqa va suv keltiriladi.
Agar mahalliy relf va masofa yaqin bo‘lsa, burg‘ilash minorasi demontaj qilinmasdan - maxsus zanjirli telejkalarda yoki sirpanuvchi chanalarda, hamda pnevmatik harakatlanuvchi usullarni qo‘llash mumkin.
Burg‘ilash minorasi ko‘chirib borilgandan va joyiga o‘rnatilgandan keyin qolgan jihozlarni montaj qilish boshlanadi, ya’ni dizel uzatmali porshenli nasoslarni yoki elektrouzatmali nasoslarni; burg‘ilash aralashmasini tozalash tizimi, elektr shitlari, quduq usti jihozlari (rotor, preventor, gidravlik og‘irlik indikatori), minora inshootlarini burg‘ilash yopilmalari va hakozolar.
Agar burg‘ilash ishlari yangi maydonda boshlansa, unda hamma jihozlar, burg‘ilash minorasidan boshlab, nasos bloki, tozalash inshootlari va hakozolar alohida-alohida burg‘ilash maydoniga toshib keltiriladi, shu yerni o‘zida burg‘ilash minorasi va hamma qolgan jihozlar yig‘iladi. Burg‘ilash minorasi va hamma jihozlar montaj qilingandan keyin quduqni burg‘ilashni boshlash uchun tayyorgarlik ishlari olib boriladi.