maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə75/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

7.8 Tub dvigatellar.

Turboburlar. Quduqlarni turbinli burg‘ilashda burg‘i tub dvigateli yordamida aylanma harakatga keltiriladi – bu esa turbobur deb ataladi. Turbobur – bu tub dvigateli bo‘lib, burg‘ilash eritmasini gidravlik energiyasini mexanik energiya aylanishi hamda turbobur vali orqali harakatni burg‘iga uzatilishidir.

Turbobur ko‘p pag‘onali bo‘lib, pag‘onalar soni 25 tadan 350 tagacha. Turbinaning har bir pag‘onasi (7.13-rasm).

/

7.13-rasm. Trubina pag‘onasi.

Birinchisi statordan ya’ni turbobur korpusi (1) bilan qattiq biriktirilgan va turboburni valiga mahkamlangan rotordan (2) tuzilgan. Statorda va rotorda burg‘ilash eritmasi oqimi harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi va pag‘onadan - pag‘onaga oqib o‘tadi, har bir pag‘onaga gidravlik quvvatni bir qismini beradi. Turbobur validan hamma pag‘onalarida quvvat hosil bo‘ladi, turboburni valida yig‘iladi va burg‘iga uzatiladi.

Turboburni samarali ishlatish uchun yuzga yaqin turbina kerak bo‘ladi. Har bir turbina bir tekisda rotor qovurg‘asida perimetr bo‘yicha joylashtiriladi. Turboburni korpusida har bir turbina rotorni oldida, turbinalar statorlarga o‘xshash konstruksiya o‘rnatilgandir.

Har bir juft turbina rotor va stator turbobur pag‘onasini hosil qiladi. Zamonaviy turboburlarda bunday pag‘onalarni soni 300 tagacha yetadi. Burg‘ilash eritmasini oqimi boshlanishida turbinkalar - statorlarni kuragiga tushadi, yo‘nalishini o‘zgartiradi va turbinkalar - rotorni kuragiga tushadi, yana yo‘nalishini o‘zgartiradi, bunda paydo bo‘lgan radial kuch turbinkalar – rotor orqali turbobur valini aylanishiga olib keladi. Sanoatda bir-seksiyali ko‘p pag‘onali turboburlar ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari ikki, uch va to‘rt seksiyali turboburlar ishlab chiqarilib, turbinalar soni 230, 270 va 280 taga teng. Ko‘p seksiyali turboburlar chuqur quduqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladi.

Quduqlarni turbinali usulda burg‘ilashda kerna olish uchun kolonkali turboburlar olinuvchi grunt tashuvchi bilan birgalikda qo‘llaniladi. Turboburlar asosan tashqi diametri 102-mm dan 235 mm gacha ishlab chiqarilib, quduqlarni har xil diametrdagi burg‘ilashda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Past chastotali quduq tubi gidravlik dvigatellari qo‘llanilib – bu vintli (hajmiy) dvigatellarni valni aylanish chastotasi 90-dan 300 oy/daq – gacha. Vint quduq tubi dvigatellari ikkita seksiyadan tuzilgan. Dvigateli va shpindeli.

Dvigatel seksiyasi vintli rotordan (ichki vint) va ichki vintli statordan tuzilgan.

Rotor vintda bitta kirish bo‘lib u statorni ichki vintli yuzadan kichikdir, rotorni o‘qi esa stator o‘qiga nisbatan siljigan. Burg‘ilash eritmasi vint mexanizmni zazoridan o‘tib, rotor-vintini aylantiradi. Rotor vinti val bilan ulangan, uchida rezba mavjud bo‘lib unga burg‘i burab mahkamlanadi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin