maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə76/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

7.9 Elektroburlar.

Elektrobur – quduq tubi elektr dvigateli bo‘lib, uni yordamida quduqni tubida burg‘ini aylantirishni amalga oshiriladi. Elektroburni korpusiga o‘zgaruvchan tokli uch fazoli elektrodvigatel joylashtirilgan. Elektrodvigatelga elektroenergiya burg‘ilash quvuri ichida joylashgan maxsus kabel yordamida yer ustidan uzatiladi.

Verlyugni tagida halqali tok qabul qilgich joylashtirilgan bo‘lib, unga kabel orqali eletr toki uzatiladi. Hamma kabellar alohida seksiyalarga ajratiladi. Har bir seksiyani uzunligi burg‘ilash quvuri svechasini uzunligiga teng bo‘ladi. Tushirish-ko‘tarish jarayonlarida svechalarni burab mahkamlash va ajratib olishda kabel seksiyalarini ulash va ajratish har bir quvur svechaiga o‘rnatilgan maxsus qulflar yordamida bajariladi.

Quvurni bir ichiga qattiq mahkamlangan kontakt qulfidan kontakt sterjeni va muftani markazi bo‘lib quvurni boshqa ichiga ham qattiq mahkamlangan.

Quvurli svechani burab mahkamlashda sterjen muftaga kiradi va elektrik kontaktni qo‘shadi. Burab ajratib olishda kontaktni ajratadi.

Burg‘ilash jarayonida burg‘ilash quvuri tizmasi qo‘zg‘almas va quvur orqali quduqni tubiga burg‘ilash eritmasi haydaladi. Elektroburda burg‘ilashda barqaror burg‘ilash rejimini ta’minlaydi, shunday qilib, bunda rotorni aylanish chastotasi burg‘ilash eritmasini miqdoriga bog‘liq emas.

Elektroburni kamchiligi elektr energiyasini uzatishdagi noqulayliklar va elektroburga burg‘ilash eritmasini kirmasligi uchun elektroburni ishonchli germetiklashni ta’minlash murakkabliklari hisoblanadi. Elektroburli burg‘ilashda diametri 170, 215, 250 mm li elektroburlardan va 190,5; 244,5; 295,3 mm li burg‘ilar qo‘llaniladi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin