1. Tal blokini va kranblokni po‘lat arqon bilan jihozlash va ko‘taruvchi ilgakni osish.
2. Kichik mexanik vosita qurilmalarini o‘rnatish va sinash.
3. Kvadratni vertlyug ilgagiga yig‘ish va osish (yetakchi quvurni), quvur-ustunga va vertlyuga egiluvchan yuqori naporli shlangni ulash.
4. Minorani markazlash.
5. Rotorni o‘rnatish.
6. Quduq yo‘llanmasini burg‘ilash.
Tayyorlov ishlari tugallangandan keyin burg‘ilash brigadasi hamma agregatlarni sinaydi va undan keyin sinov burg‘ilash o‘tkaziladi. Sinov burg‘ilashdan keyin sinov burg‘ilash o‘tkazadi. Sinov burg‘ilashdan keyin ishga qo‘shish deb ataluvchi konferensiya o‘tkazadi.
Ishga tushirish konferensiyasida master boshchiligida burg‘ilash brigadasini hamma a’zolari, muhandislik-texnogik xizmatni ma’sul xodimlari, markaziy laborotoriya xodimlari burg‘ilash ishlarini boshlig‘i va bosh muhandislarini hammasi qatnashadilar.