maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat


-rasm. Xom ashyo radial xarakat kiluvchi katalitik riforming reaktori



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə107/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

2.1-rasm. Xom ashyo radial xarakat kiluvchi katalitik riforming reaktori:

1-xom ashyoning kirishi uchun shtutser; 2-xom ashyo taqsimlagichi; 3-qobiq; 4-quticha; 5-reaksiya mahsulotlari yig‘gichi; 6-katalizatorni tushirish uchun shtutser; 7-reaksiya mahsulotlarini tushirish uchun shtutser; 8-tayanch; 9-termopara uchun mufta; 10-silindrsi-mon stakan; 11-ko‘p zonali termopara. Oqimlar: I-xom ashyo; II-reaksiya mahsulotlari.

ichki qismi 100 mm qalinlikdagi torkret-beton bilan qoplangan. Reaktorning chekkasi bo‘ylab 60 ta vertikal qutichalar 4 joylashtirilgan bo‘lib, ularning katalizatorga qaratilgan devorlari perforatsiya qilingan, ya’ni qo‘tichalar devorlarida teshiklar ochilgan. Uskunaning o‘qi bo‘ylab reaksiya mahsulotlarini tashqariga chiqarib turish uchun perforatsiya qilingan quvur sifatida tayyorlangan yig‘gich 5 joylashtirilgan. Yig‘uvchi quvurning tashqi tomoni, katalizatorni quvurga kirib ketmasligi uchun, katta va mayda to‘rlar bilan qoplangan. Xom ashyo reaktorning yuqori tomonida joylashgan taqsimlagich 2 ga beriladi va barcha perforatsiya qilingan qutichalar 4 ga kiradi, so‘ngra radial yo‘nalishda katalizator qatlamidan o‘tib, yig‘gich 5 da to‘planadi va uskunaning pastki qismida joylashgan shtutser 7 orqali tashqariga chiqariladi.

Katalizator qatlamining yuqori qismida silindrsimon stakan 10 o‘rnatilgan bo‘lib, uskunani ishlatish jarayonida katalizator qatlamining cho‘kishi yuz bergan paytda ham stakan katalizator qatlamiga botib turgan holatda bo‘ladi, bunday sharoitda muhitning katalizator qatlami ustidan o‘tishining oldi olinadi. Katalizatorni almashtirish paytida uni tushirish uchun uskunaning pastki tubida qiya shtutser 6 ko‘zda tutilgan. Reaktorning ichidagi haroratni nazorat qilish uchun uchta ko‘p zonali termoparalar 11 o‘rnatilgan. Qobiq devoridagi haroratni termoparalar yordamida nazorat qilish uchun uning yuzasiga muftalar 9 payvandlangan. Reaktorning ichki qismlarini ko‘rib chiqish, montaj qilish va katalizatorni yuklash ishlari xom ashyoni kiritish uchun ko‘zda tutilgan yuqorigi diametri 800 mm bo‘lgan shtutser 1 orqali amalga oshiriladi.

Xom ashyo aksial yo‘nalish bilan harakat qiladigan dizel yonilg‘isini gidrotozalash reaktori 2.2-rasmda ko‘rsatilgan. Ushbu reaktor tashqi tomonidan izolyatsiya qilingan qobiq 3 dan iborat bo‘lib, uning ichiga katalizatorning ikkita qatlami joylashtirilgan. Xom ashyo katalizator qatlamlari orqali tepadan pastga qarab harakat qiladi. Katalizatorning har bir qatlamini oqimning dinamik ta’siridan himoya qilish uchun chinnidan yasalgan sharlar qatlamidan foydalanilgan. Reaktorning yuqorigi qismida patrubkalari bo‘lgan taqsimlovchi tarelka 1 o‘rnatilgan bo‘lib, uning tagiga filtrlovchi moslama 2 joylashtirilgan. Ushbu moslama katalizator qatlamiga botirilgan silindrsimon korzinalardan iborat. Korzinalar chiviqdan payvandlangan; ularning yon tomonlari va pastki qismi to‘r bilan qoplangan. Korzinalarning yuqorigi qismi ochiq. Korzinalarda va katalizatorning yuqorigi qismida korroziya mahsulotlari va mexanik qo‘shimchalar ushlab qolinadi.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin