8.6- rasm. Trubalarni truba turlariga joylashtirish usullari:
a) to‘g‘ri oltnburchakning kirralari bo‘ylab; b) kvadratning tomonlari bo‘ylab; v) konsentrik aylanalar bo‘ylab.
Ayrim vaqtda trubalarning yuzasini tozalash oson bo‘lishini nazarda to‘tib trubalar turga kvadrat tomonlari bo‘ylab joylashtiriladi.
Qobiq-trubali qurilmalarda yuqori issiqlik berish koeffi-siyentiga erishish uchun issiqlik tashuvchi agentlarning tezligi ancha katta bo‘lishi kerak: gazlar uchun 8—30 m/s, suyuqliklar uchun eng kami bilan 1,5 m/s.
Bu qurilmalar kamchiliklardan xam xoli emas; issiqlik tashuvchilarni katta tezlik bilan o‘tkazish qiyin, trubaning tashqarisidagi bo‘shlikni tozalash va tuzatish imkoni kam.