a) qurilma sxemasi; a, b — bosh plitalar; 1-5 kat-kat burma qilingan plastinalar; I , I I - issiqlik tashuvchi agentlar;
b) plastinaning tuzilishi: 1,4 — rezinali qistirma lar;
2, 3 — suyuqlik uchun teshiklar; 5, 6 — I I suyuqlik uchun teshiklar.
Plastinali issiqlik almashgichlar. Bunday qurilmalar yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha qator parallel kat-kat burma qilingan plastinalardan tuzilgan (8.7- rasm). Plastinalar o‘rtasidagi kanallar ikki guruxga bo‘linadi: birinchi gurux kanallaridan issiqlik tashuvchi, ikkinchidan esa issiqlik qabul kiluvchi agent xarakat qiladi. Plastinalar a va b bosh plitalari va tortish vinti (sxemada ko‘rsatilgan) yordamida siqiladi, plastinalar oraligida rezinali qistirma lar joilashtirilgan. B plitaning yuqorigi chap shtutser orqali kirgan issiq suyuqlik (I) 4—5 va 2—3 plastinalar oraligidagi bo‘shliklarni egallaydi va a plitadagi pastki ung shtutser orqali tashqariga chiqariladi. Sovuq suyuqlik esa (II) a plitadagi pastki chap shtutser orqali qurilmaga kiradi va 1—2 va 3—4 plastinalar oraligidagi bo‘shlikni egallaydi, so‘ngra b plitadagi yuqoriga ung shtutser orqali tashqariga chiqadi.
Sanoat mikyosida ishlab chiqarilayotgan plastinali qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi plastinalarning tipaviy o‘lchamiga ko‘ra 2 dan 600 m2 gacha yetadi; bunday qurilmalarni bosimning qiymati 1,6 MPa gacha va ish muxitining temperaturasi— 30 dan +180°s gacha o‘zgarganda ishlatiladi. Plastinali qurilmalar suyuqlik va bug‘ (gaz) o‘rtasida issiqlik almashi-nishni tashqil etishda sovitkichlar, isitkichlar va kondensatorlar sifatida foydalaniladi.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalari qalinligi 1 mm bo‘lgan metall listdan tayyorlanadi. Plastinalar kat-kat burmalarining kundalang kesimi odatda balandligi 4—7 mm va asosi 14—30 mm bo‘lgan teng tomonli uchburchak ko‘rinishiga ega. Bo‘ramalar gorizontal «archasimon», gorizontga burchak bilan va boshqa ko‘rinishlarda tayyorlanadi.
Plastinalarning materiali — ruxlangan yoki korroziyaga chidamli po‘lat, titan, alyuminiy, melxior. Qurilmaning tayanchlari va sikuvchi plitalari qalinligi 8—12 mm li uglerodli po‘latdan tayyorlanadi.