maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Yüklə 169,43 Kb.
səhifə145/187
tarix11.05.2022
ölçüsü169,43 Kb.
#57553
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   187
maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat

, m2/s (4.9)

bu yerda: μ – dinamik qovushqoqlik,

ρ – suyuqlik zichligi.

Kon amaliyotida tizimli birliklardan tashqari bo‘lgan o‘lchov birlik stoksdan foydalaniladi (1 st = 10-4 m2/s). Dinamik va kinematik qovushqoqliklarni o‘lchash uchun standart kaillyar viskozimetrlar qo‘llaniladi.

4. Tabiiy gazning asosiy xossalari

Gaz tutunsiz va qurumsiz yonishi, yongandan keyin kul qolmasligi, iste’molchiga yetkazishning arzonligi va osonligi, shuningdek suyultirilgan va siqilgan holatda saqlash mumkinligi, zararli moddalarning yo‘qligi, yoqish va yonish jarayonlarini boshqarish osonligi yonilg‘i foydalaniladigan qurilmalarning foydali ish koeffitsientining kattaligi bilan ajralib turadi. Gazni qazib olish boshqa turdagi yonilg‘ilarni qazib olishga qaraganda ancha arzon. Masalan, ko‘mirni qazib olishda ketadigan sarf xarajatlarni yonilg‘ining shartli 1 tonnasi uchun 100% deb olsak, gazni qazib olishda unga nisbatan sarf xarajatlar 10% ni tashkil etadi.

Barcha turdagi energo-tashuvchilardan neft va gazning farqi shundaki, ularning yonganida katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Neftning yonish issiqligi – 41 MJ/kg, eng yaxshi navli toshko‘mirning yonish issiqligi 31 MJ/kg, benzinniki 42 MJ/kg, dizel yoqilg‘isiniki 42,7 MJ/kg, etan, propan va butanniki mos ravishda 64,5; 93,4 va 124 MJ/m3 ga teng.

Uglevodorod gazlar bir biridan qaynash harorati bo‘yicha keskin farq qiladi. Metan juda past haroratlarda suyuq holatga o‘tishi mumkin. Suyuq metan minus 1610S da qaynaydi va gaz holatiga o‘tadi. Metannning kritik nuqtasi minus 820S, shuning uchun yer osti tog‘ jinslari qatlamlarida harorat 00S dan yuqori bo‘lganligi uchun hech qanday bosimda metan suyuqlik xolatga o‘tmaydi. Etan minus 88oS da qaynaydi, uning kritik harorati 320S dan past va yuqori bosimda etan suyuq holatga o‘tishi mumkin.

Yonuvchi gazlarning nisbiy zichligi amaliyotda havoga qarab aniqlanadi. Bu zichlik qiymati 0,054 dan (toza metan) 1,0 gacha va undan ham yuqori bo‘lgan keng oraliqda o‘zgarishi mumkin.

Neft va gaz konlaridagi gazlar kimyoviy tabiati jihatidan neftli gazlarga o‘xshash. Neft bilan birga qazib olinadigan gazga neftli (yo‘ldosh) gazlar, gaz konlaridan qazib olinadigan gazlar esa tabiiy gazlar deyiladi. Har ikkala guruxdagi: tabiiy va yo‘ldosh gazlar bir xil chegeraviy uglevodorodlardan tarkib topgan.

Propan, butan va izobutanlar suyuq holatga tezda o‘tadi. Masalan, bu uglevodorod gazlarni xona haroratida suyuq holatga o‘tkazish zarur bo‘lsa, propan uchun 7-8 atm, izobutan uchun 3 atm atrofida va butan uchun 2 atm atrofida bosim yetarlidir. Benzinning qaynash harorati 80,10S, metil spirtiniki 64,60S va pentanning qaynash harorati 36,10S ga teng. Yengil neftlar 50-1000S dan yuqori haroratlarda va og‘irlari 1000S dan yuqori haroratda qaynay boshlaydi. Uglevodorod va boshqa ba’zi bir gazlarning asosiy fizik xossalari 2-jadvalda keltirilgan.


Yüklə 169,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin