1.1-Rasm. Shtangali nasos qurilmasining umumiy ko‘rinishi sxemasi.
Tebratma dastgox shtangalarning ilgarilanma-qaytma xarakatini ta’minlab beradi va bu xarakat sinusoidal qonuniyatga mos keladi.
Sanoatda balansirli va balansirsiz tebratma dastgohlar ishlatiladi. Shtangali chuqurlik nasoslari uskunalarning asosiy yuritgichi sifatida tebratma dastgohning induvidal balansirli yuritgichi xizmat qiladi.
Balansirning pastga va yuqoriga harakatida elektr yuritgichda to‘g‘ri keladigan kuchlanishni teng taqsimlash uchun tebratma dastgohlarda muvozanatlashtirish tizimi mo‘ljallangan.
Muvozanatlashtirish yuritgich va dastgohning ishlash muddatini uzaytiradi. Balansir boshchasiga bir ikkilamchi harakat ta’sirida tushadigan kuchlanish suyuqlikdagi shtangalar og‘irligidan (Rsht – pastga harakatda) suyuqlik va shtanga og‘irliklarigacha (Rsht+Rsuyuq–yuqoriga harakatda) o‘zgaradi. Bu kuchlanishlarni muvozanatlashtirish uchun balansirga va krivoshipga maxsus pasangi o‘rnatiladi.
Yuritgichda bir meyorda kuchlanish tushishini ta’minlash uchun balansir boshchasiga doimiy ta’sir etuvchi shtangalar og‘irligi va suyuqlik og‘irligining yarmiga teng miqdorda posangi quyiladi. Pasangi yuki quyidagicha hisoblanadi: