- tashqi sovutish qurilmalari yordamida rektifikatsiya issiqligini olish;
- rektifikatsion kolonnani dastlabki to‘yintirish;
- rektifikatsion kolonnalarning turli xildagi konstruktiv bajarilishlarini qo‘llash.
Rektifikatsiya jarayoni texnologiyasiga asoiy talablardan biri to‘yingan gaz aralashmalaridan ajratib olinayotgan uglevodorodlarni to‘liq bug‘latib olish hisoblanadi. Ba’zi bir texnologik sxemalarda bug‘latish jarayonini bir bosqichda boshqa bir texnologiyalarda esa ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ajratib olinayotgan uglevodorodlarni to‘liq kondensatsiyalavnishini ta’minlash uchun shamollatish, metansizlantirish, etansizlantirish jarayonlarining turlicha sxemalaridan foydalaniladi.
Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, tabiiy gazni qayta ishlashda ko‘p komponentli yengil uglkvodorodlarni ajratib olishda turli xildagi usullar qo‘llanilib ulardan asosan quyidagi texnologik sxemalar hozirgi paytda eng samarali usullar sifatida qo‘llanilmoqda: