Yuqorida keltirilganlar asoslarida shuni ta’kidlash lozimki, ko‘p komponentli uglevodordlarni fraksiyalarga yoki aloxida komponentlarga ajratish texnologik sxemasida qo‘llaniladigan rektifikatsion kolonnalar qurilmaning asosiy jihozi hisoblanadi va uning maqbul turdagi konstruksiyasini qo‘llash kolonna ichida hosil bo‘ladigan gaz va suyuqliklarning o‘zaro nisbiy xarakatlari yo‘nalishlari, fazalar o‘zaro tutashuv sirtini hosil qilish usullari va tutashuv qurilmalari konstruksiyalariga bog‘liq va ularning aniq ishlab chiqarish sharoitida maqbul turini qo‘llash orqali belgilangan maqsadlarga erishish mumkin.
Shu maqsadda quyida ishlab chiqarish sharoitlarida yengil uglevodorodlardan aloxida komponentlarni ajratib olish nuqtai nazaridan rektifikatsion kolonnalar ichki qurilmalarining konstruktiv jihatlari va maqbul konstruktiv bajarilishlariga to‘xtalamiz.
Tabiiy gaz hamda neft gazlarini qayta ishlashda jahon amaliyotida ko‘p komponentli aralashmalarni rektifikatsiya yordamida ajratib olish jarayonlarida turli xildagi texnologik sxemalar qo‘llaniladi. Bunda maqbul turdagi texnologik sxemalarni tanlash quyidagiasosiy omillar bilan aniqlanadi: