Ta’mirlash davrida S1/1(S1/2) dan drenaj quvuri bo‘yicha drossel shayba orqali panasimon surma klapan yordamida umumstansiya drenaj kollektoriga yo‘naltiriladi
Ta’mirlash davrida S1/1(S1/2) dan drenaj quvuri bo‘yicha drossel shayba orqali panasimon surma klapan yordamida umumstansiya drenaj kollektoriga yo‘naltiriladi.
Kirish separatorlari bloki (S1/1(S1/2) dan chiqayotgan, ya’ni dastlabki tozalash jarayonidan o‘tgan gaz, quvur orqali ikki seksiyali havo bilan sovitish aparatlari bloki AT100/1-6 ga uzatiladi va undan kollektorlar bo‘yicha havo bilan sovitish apparatlariga kirib keladi. Kirish kollektoridagi harorat shu joyning o‘zida o‘rnatilgan termometr bilan, havo bilan sovitish apparati AT100/1-6 seksiyasidan chiqishda esa shu joyning o‘zida o‘rnatilgan termometrlar bilan ko‘rstakichlarni operator xonasidagi shchitga masofadan uzatish orqali nazorat qilinadi.
Havo bilan sovitish apparati bloki AT100/1-6 da gaz sovigandan keyin kran orqali quvur bo‘yicha kompressorlar qurilmalari kirish kollektoriga uzatiladi. Shuningdek havo bilan sovitish apparati bloki AT100/1-6 ga kirmasdan gazni kompressorga uzatish uchun kran bilan jihozlangan baypas quvuri ham ko‘zda tutilgan.
SKSni normal va avariyali xolatlarda to‘xtatishda uning kirish konturidan gazni chiqarib yuborish uchun kran va drossel shaybalar bilan jihozlangan chiqarish quvuri ko‘zda tutilgan. Shuningdek qoldiq gazni chiqazish va drenaj uchun zulfinli armaturali quvurlar mavjud.
Kirish kollektorida bosim va haroratlarning nazorati shu joyning o‘zida o‘rnatilgan texnik manometr va termometrlar bilan, hamda shu joyda o‘rnatilgan o‘lchash asboblari bilan ko‘rsatkichlarni masofadan operator xonasidagi shchitga uzatish orqali amalga oshiriladi.