Ma’ruza Kuchlanish, tok va vaqt relelari



Yüklə 37,02 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü37,02 Kb.
#208366
1   2   3
Ma’ruza Kuchlanish, tok va vaqt relelari

Selektivlik degani, bu zanjirning faqat avariya ‘olatdagi bo’lagini ‘imoya qilishdir (manbadan uzishdir).
Ishlab ketish tezligi avariya ‘olatining oldini oladi, avariya ‘olatida ham energetika tizimining barqarorligini hamda elektr energiyasining yuqori sifatini ta’minlaydi.
Rele sezgirligining oshishi ‘imoyalanmaganlik darajasini keskin kamaytiradi.
Ishonchlilik esa og’ir avariya ‘olatining oldini oladi va ob’ektning normal ishlashini ta’minlaydi.
Elektr yuritmalarini ‘imoya qilish relelari va avtomatik relelari quyidagi spesifik (maxsus) talablarga javob berishlari kerak. Mazkur relelar juda og’ir sharoitlarda ishlaydilar, ya’ni boshqa uskunalar bilan turtinish e’timolligi, kontaktlar tebranishi, ishchi mu’it chang va boshqa qo’shilmalar bilan ifloslangan sharoitlar va shu kabilar. Zamonaviy elektr yuritmalari sxemalarida soatiga 1000-1200 ulab-uzish talab qilinishi munosabati bilan relelar yuqori darajadagi mexaniq va elektrik yemirilishga bardoshlilikga (ya’ni ulab-uzish miqdori (1-10)106 ga) ega bo’lishlari kerak. Shuningdek mazkur guru’ relelari ishonchli ishlashni ta’minlashlari talab qilinadi.
Elektromagnit negizidagi tok va kuchlanish relelarining konstruksiyasini ko’rib chiqamiz.

3-rasm. ET seriyasidagi relening tuzilishi.


Energetika tizimini ‘imoya qilish relelari sifatida jumladan ET seriyasidagi relelar qo’llaniladi. Shunday relening eskizi – rasmda keltirilgan.
Elektromagnitning magnit o’tkazgichi 1 elektrotexnik po’lat listlaridan shixtalangan qilib terilgan. Relening g’altagi (cho’lg’ami) 2 ikkita bo’lakka bo’lib o’ralgan va g’altakning ‘ar bir seksiyasini o’zaro ketma-ket yoki parallelp qilib ulash mumkin. elektromagnit yakori 3 elektrotexnik po’latdan Z shaklida yasalgan. Yakorp aylanganda magnit oqimi ortib boradi va bu esa ‘atto tokning «siljish toki» qiymatida yakorni to’yinishga olib kelishi mumkin. O’z o’rnida bu ‘olat yakorp harakatining oxirida rele ‘osil qilayotgan moment qiymatini cheklaydi.
Ushbu relelarning qaytarish koeffisienti katta bo’lib, 0,85 ga teng. Ko’prikcha shaklidagi harakatlanuvchan kontakt-detali 5 o’q bilan bog’langan richagga sharnirli qilib qatirilgan. Bunday usul kontaktga o’z-o’zini boshqarish imkoniyatini beradi. Kontaktlar tebranishini kamaytirish (bartaraf etish) uchun relening o’qi bilan bog’langan moyli dempferdan foydalanilgan. Kontaktga aks ta’sir etish kuchi spiralp shaklidagi prujina 4 tomonidan ‘osil qilinadi. Prujinaning boshlang’ich deformatsiyasi richag 6 yordamida o’zgartiriladi. Yakorning boshlang’ich va oxirgi xolatlari maxsus tiragichlar yordamida belgilanadi.
Relening ishlab ketish tokini ikki usulda rostlash mumkin, birinchidan, qo’pol rostlash usuli g’altak seksiyalarini ulash sxemasini o’zgartirish orqali va ikkinchidan, ravon rostlash usuli prujinaning boshlang’ich tortish kuchini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. G’altakni ketma-ket ulash sxemasidan parallelp ulash sxemasiga o’tkazish ishlab ketish tokining qiymatini 2 martaga oshiradi. Prujinaning tortish kuchini oshirish orqali ham ishlab ketish tokini 2 martaga oshiradi. Shunday qilib relening ishlab ketish tokini 1-4 diapazonda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Bunday relelar ishlab ketish tokining 0,05 dan 200A gacha bo’lgan minimal ishlab ketish tokiga mo’ljallab ishlab chiqiladi.
Za’ira koeffisienti Kz>2 bo’lganda ishlab ketish vaqti 0,02 s ni tashkil etadi. Bunday relelarning iste’mol quvvati kichik bo’lib (0,1 VA) yuqori (+ 5%) aniqlikda ishlaydi.
Kontakt tizimining kam quvvaliligi va tebranishni kamaytirish uchun releni juda yuqori darajada rostlash zarurati ushbu relelarning kamchiligi hisoblanadi.
EN seriyali kuchlanish relelarining konstruksiyasi yuqoridagi rele konstruksiyasiga o’xshab ketadi. EN tipidagi relelar konstruksiyasining farqi shundaki, ularning g’altagi ET relelarining g’altagiga nisbatan katta o’ramlar soniga va qarshiligiga ega bo’lib, g’altak kuchlanish manbasiga ulanadi. Bunday xolda iste’mol quvvati miqdori 1 VA miqdorigacha ortadi. Relening boshqa parametrlari ET relelarining parametrlari bilan bir xildadir.
Misol tariqasida elektr yuritmalarni boshqarish uchun belgilangan tok va kuchlanish relelarini ko’rib chiqamiz. Odatda boshqarish va ‘imoya qilish sxemalarida katta qaytarish koeffisientiga ega bo’lgan REV-300 seriyadagi relelar qo’llaniladi. Ushbu seriyadagi relelar g’altak parametrlarini moslagan ‘olda ham kuchlanish va hamda tok relelari sifatida ishlab chiqiladi.

4-rasm. REV – 300 seriyali rele.

Rasmda REV-300 seriyadagi tok relesi aks ettirilgan. Magnit o’tgazgich 1 U shaklga ega bo’lib, kesim yuzasi aylana bo’lgan sim chiviq (prutok) dan yasalgan. Yassi yakorp 2 aylanma ‘arakatga ega, u prizmada aylanadi va katta mexaniq yemirilishga bardoshlilikni ta’minlaydi. Relening g’altagi 3, relening nominal tokidan kelib chiqqan ‘olda, mis o’tkazgichdan yasaladi. Prujina 5 ning bosish kuchi gayka 6 yordamida amalga oshiriladi. Yakorp 2 harakatlanuvchan kontakt 8 bilan izolyatsion plastinka 7 yordamida tutashtirilgan. Rele ikkita qo’zg’almas kontakt 9 va 10 larga ega. Harakatlanuvchi kontakt 8 burama (vintli) qisqich 11 bilan (elastik) egiluvchan bog’lovchi 12 orqali tutashtiriladi. Rele yagona blok ko’rinishida ijro etilib, yig’ma panelpning metall reykalariga shpilpkalar 4 yordamida qatirib joylashtiriladi. Mazkur relelar qaytarish koeffisientining katta qiymatiga ega, chunki yakorpbilan o’zak o’rtasidagi yakorp tortilgandan so’nggi zazor (qoldiq bo’shliq) katta bo’lib (5.10–3 gacha), yakorpning harakatlanishi esa bor-yo’g’i millimetrning ulushlarinigina tashkil qiladi. Rele tokining oldindan o’rnatiluvchi qiymati (tok ustavki), prujina 5 ning boshlang’ich deformatsiyasini (bosish kuchini) o’zgartirish orqali, nominal tokning 30-65% miqdori chegarasida o’zgartirilishi (rostlanishi) mumkin. Kuchlanish relelarida esa tokning o’rnatilgan qiymati nominal tokning 30-50% miqdorida rostlanadi. Prujinaning qisilishini ort tirganda yakorni qo’zg’alishini ta’minlovchi qo’zg’atish kuchlanishi Utr ortadi va qo’zg’atish vaqti quyidagi tenglamaga asosan ortadi:


bu yerda Lr- induktivlik; Rr-rele g’altagi zanjirining qarshiligi.
Utr ning qiymati ortishi bilan qaytarish koeffisientining miqdori o’zgarib boradi. Qaytarish koeffisientining qiymati eng kichik (qoldiq) zazorni va yakorpning harakatlanish masofasini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Bu esa o’z o’rnida qo’zg’almas kontaktlar 9 va 10 larning xolatini o’zgartirish bilan amalga oshiriladi. Qo’zg’almas kontakt 10 ni ko’tarilsa qoldiq zazor kattalashadi. Qo’zg’almas kontakt 9 pastga siljitilsa yakorpning harakatlanish masofasi kamayadi. Kontaktlar o’rtasidagi masofaning minimal qiymati 1,5 mm ga teng.

Yüklə 37,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin