Reja 1. Relelarning klassifikatsiyasi, asosiy harakteristikalari va ularga qo’yiladigan talablar.
2. Elektromagnit negizidagi tok va kuchlanish relelarining konstruksiyalari.
3.Vaqt relesi
Ta’limiy: Talabalarga mavzuga oid bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: Fan orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini tushuntirish orqali talabalarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;.
Rivojlantiruvchi: Talabalarning mavzu bo’yicha olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
Kirishdagi (boshqaruvchi) kattaligining ravon o’zgarishi bilan chiqishdagi (boshqariluvchi) kattaligi keskin o’zgaradigan elektr apparati rele deb ataladi. Bunda ikkala kattalikdan bittasi albatta elektr kattaligi (parametri) bo’lishi kerak.
Relelar quyidagi belgilariga ko’ra klassifikatsiya qilinadi:
1. Qaerda qo’llanishiga ko’ra – avtomatika sxemalarida qo’llanuvchi relelar; energetik tizimni himoya qilish relelari; elektr yuritmalarni boshqarish va himoya qilish relelari.
2. Ishlash prinsipiga ko’ra – elektromagnit relelar; polyarizatsiyalangan (qutblangan) relelar; induksion; magnitoelektrik, yarim o’tkazgichli va boshqalar.
3. Relening kirishidagi parametriga ko’ra – tok relesi; kuchlanish; quvvat; chastota va boshqa kattaliklar (parametrlar) relelari.
4. Boshqarilayotgan zanjirga ta’sir turiga ko’ra - kontaktli relelar va kataktsiz relelar.
5. Ulanish usuliga ko’ra – birlamchi (bevosita ulanuvchan) va ikqilamchi (o’lchov transformatorlari orqali ulanuvchan) relelar.
Relening chiqishidagi parametr (Y) ning kirishdagi parametri (X) bilan, ya’ni Y=f(x) bog’lanish grafigi relening asosiy harakteristikasi hisoblanadi.
Y=f(x) bog’lanishini ulanuvchi kontaktli rele misolida ko’rib chiqamiz. Ushbu relelarda kirishda signal yo’qligida ijrochi mexanizmning kontaktlari ochiq (ulanmagan) bo’lib, boshqarilayotgan zanjirdagi tok nolpga teng bo’ladi.
r
1-rasm. Releni boshqarish xarakteristikasi asmdagi bog’lanish grafigida asbsissa o’qi bo’yicha ta’sir etish (kirish) signali X va ordinata o’qi bo’yicha esa chiqishdagi signal miqdor i Y belgilangan. Relening ishlab ketishini ta’minlovchi ta’sir etish (kirish) signalining miqdori ishlab ketish kattaligi deb ataladi. To Xsr ekan (bu yerda Xsr – ishlab ketish kattaligi), chiqish parametri Y nolpga teng yoki o’zining eng minimal qiymatiga teng bo’ladi (kontaktsiz relelar uchun). X>Xsr bo’lganda chiqishdagi parametr o’zining Ymin qiymatidan Y maxs qiymatigacha keskin ravishda (sakrab deganday) o’zgaradi. Bunda relening ishlab ketishi sodir etiladi. Rele ishlab ketgandan keyin ta’sir etish (kirish) kattaligi X kamaytirib borilsa, X<X otp bo’lganda (Xotp- qo’yib yuborish kattaligi) rele o’z yakorini qo’yib yuboradi (ijrochi mexanizmi o’z ishini to’xtatadi).
Chiqishdagi parametr Y o’zining Y maxsqiymatidan Ymin qiymatiga keskin (sakrab) kamayishini ta’minlovchi kirishdagi ta’sir etuvchi signal miqdori qo’yib yuborish kattaligi deb ataladi.
Ishlab ketish yoki qo’yib yuborish kattaligining rele rostlangan belgilangan qiymati ta’sir etuvchi kattalikka ko’ra o’rnatilgan qiymat deb ataladi.
Ishlab ketish uchun komanda berilgan vaqtdan to chiqishdagi signal sakrab o’zgarguncha ketgan vaqt ulash (ulanish) vaqti deb ataladi.
Xsr ga nisbatan ta’sir etuvchi (kirish) signali qancha katta bo’lsa, rele shuncha tez va ishonchli ishlashni ta’minlaydi. Xrab/Xsr nisbati relening za’ira (zapas) koeffisienti deb ataladi.
Ko’p relelar uchun Xotp/Xsr nisbati ahamiyatliroq hisoblanadi. Ushbu nisbat qaytarish koeffisienti (koeffisient vozvrata) deb ataladi.
Z
2-rasm. Elektromagnit relesining kirish va chiiish signallari va vait щrtasidagi bolanishlar. anjirni uzish uchun komanda berilgan vaqtdan chiqish signalining eng minimal qiymatgacha kamayishi uchun ketgan vaqt uzish (uzilish) vaqti deb ataladi. Kontaktli apparatlar uchun ushbu vaqt ikkita qo’shiluvchidan iborat bo’lib, ulardan bittasi qo’yib yuborish vaqti deb, ikkinchisi esa yoy vaqti deb yuritiladi.
a-rasmda tok va boshqarilayotgan zanjirdagi vaqt o’rtasidagi bog’lanish keltirilgan, - b. rasmda esa tok va boshqaruvchi zanjirdagi (rele g’altagi) vaqt o’rtasidagi bog’lanish aks ettirilgan.
Relening asosiy xususiyatlaridan biri, ya’ni, uning kuchaytirish xususiyatlari Ru/Rsrnisbati bilan belgilanadi,bu yerda Ru- boshqariluvchi zanjir yuklamasining maksimal quvvati va Rsr – releni ishlab ketishini ta’minlovchi kirishdagi signalning minimal quvvati.
Relelarga asosan ularning belgilanishiga ko’ra talablar qo’yiladi.
Energetika tizimini himoya qilish relelariga quyidagi 4 ta talab qo’yiladi, bular: selektivlik, ishlab ketish tezligi, sezgirlik va ishonchlilik.