Vaqt relesi Himoya qilish va avtomatika sxemalarida, ko’p xollarda, ikki yoki bir necha apparatlarni ishlatib yuborishda qandaydir kechiktirib ulash vaqtini (keyinchalik xayallab ulash vaqti yoki uzish vaqti deb yoziladi) xosil qilish talab qilinadi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda xam turli texnologik operatsiyalarni ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirish e’tiyoji uchrab turadi.
Aynan mana shunday ‘ayallash vaqtini ‘osil qilish uchun vaqt relesi deb ataladigan apparatlardan foydalaniladi.
Vaqt relelariga quyidagi talablar qo’yiladi:
a) manba kuchlanishi, chastota, tashqi mu’it, ‘arorat va boshqa faktorlarning o’zgarishdan qat’iy nazar, ‘ayallash vaqtining stabilligi (o’zgarmay, birday qolishi)
b) iste’mol quvvati, massa va o’lchamlarining kichik qiymatlariga ega bo’lish;
v) kontakt tizimining yetarli quvvatiga ega bo’lish.
Vaqt relesi manbadan uzilgandan so’ng o’zining boshlang’ich ‘olatiga keladi. Belgilanishiga ko’ra vaqt relelariga quyidagi spesifik (maxsus) talablar qo’yiladi:
ishlab ketish (ulab-uzish) miqdori (5-10) 106 ga teng bo’lgan yuqori darajadagi mexaniq yemirilishga bardoshlilik;
a
расм. Электромагнитли секинлатувчили реле.
yallash vaqti 0,25-10s. bo’lgan vaqt relelari uchun ishlash aniqligiga ega bo’lish, bunda ishlab ketishdagi xayallash vaqtining miqdori 10% dan oshmasligi kerak;
relelar ishlab chiqarish sexlaridagi tebranishlar va silkinishlar sharoitida ishlash-ga mo’ljallangan bo’lishlari kerak;
energetik tizimlarni himoya qilish relelari katta aniqlakdagi xayallash vaqtini ta’minlashlari, katta darajadagi yemirilishga bardoshlilikka [(5-10) . 103] ega bo’lishlari kerak (bunday relelarning xayallash vaqti 0,1-2,0 s. ni tashkil etadi);
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun katta qiymatga ega bo’lgan xayallash vaqtini xosil qilish talab qilinadi (bir necha minutdan to bir soatgacha).
Elektromagnitli sekinlatuvchi relening tuzilishi va ishlash prinsipini ko’rib chiqamiz. REV-800 tipidagi shunday relening ko’rinishi - rasmda aks ettirilgan. Ushbu relening magnit zanjiri magnit o’tkazgichi 1, yakorp 2 va nomagnit prokladka 3 (ya’ni ikki element orasiga qistirib qo’yiladigan narsa- qistirma) lardan tuzilgan.
Magnit o’tkazgichi asosini tashkil etuvchi plita 4 ga quyma alyuminiy sokolp 5 yordamida qatiriladi. Mazkur sokolp relening kontakt tizimi 6 ni qatirish (o’rnatish) uchun ham xizmat qiladi. Magnit o’tkazgichining to’g’ri to’rtburchak shakldagi kesim yuzaga ega bo’lgan yarmosiga yapaloqlashtirilgan naysimon gilpza shaklidagi qisqa tutashgan g’altak 8 o’rnatiladi. Magnitlovchi g’altak 7 silindr shaklidagi o’zakka joylashtiriladi. Yakorp prizmada o’zakka nisbatan aylanma ‘arakat qiladi. Prujina 9 tomonidan ‘osil qilinayotgan kuch, shplint yordamida ‘arakati cheklanuvchan, tojsimon gayka 10 yordamida o’zgartiriladi.
Yakorpni qo’yib yuborish jarayonida katta ‘ayallash vaqti ‘osil qilish uchun magnit zanjirining ulangan ‘olatida ishchi va parazit (ortiqcha) zazor (havo bo’shlig’i)ning katta magnit o’tkazuvchanligiga ega bo’lishi talab qilinadi. Buning uchun yarmo va o’zakning uchlari hamda yakorning ularga yondoshadigan tomoni diqqat bilan chilvirlangan bo’lish kerak. Alyuminiydan quyma shaklda tayyorlangan relening asos qismi ham o’ziga xos qisqa tutashtirilgan g’altak vazifasini bajarib, ‘ayallash vaqtini qo’shimcha oshishini ta’minlaydi.
Yakorpning qo’zg’alishi davridagi m.yu.k. o’zining belgilangan qiymatidan kam bo’lgani sababli rele kuchlanish manbasiga ulanganda ishlab ketish vaqti kichik bo’ladi. Qisqa tutashtirilgan g’altakli relelar uchun bu vaqt 0,05 - 0,2s. ni tashkil etadi. Shunday qilib, elektromagnili sekinlatuvchi relelarda ishlab ketish vaqtini ‘ayallatish bo’yicha imkoniyatlari cheklangan. Ulash paytida ulashni ‘ayallatish talab qilingan ‘ollarda, oraliq relelar (RP) ni o’z ichiga olgan sxemalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir (12.3-rasm).
6-rasm. Elektromagnitli sekinlatuvchi relelarni
ulash sxemasi.
RV relesining g’altagi RP relesi g’altagining uzuvchi kontakti orqali doimo kuchlanish ostida bo’ladi. RP relesining g’altagi manbaga ulangach, uning kontakti uziladi va RV relesi g’altagini manbadan uzadi. RV relesining yakori o’zakdan ajraladi va belgilangan ‘ayallash vaqti ‘osil qilinadi. RV relesi ushbu sxemada albatta qisqa tutashtirilgan g’altakka ega bo’lishi talab qilinadi.
Nazorat savollari 1. Qanday elektr apparati rele deb ataladi?
2. Relelar qanday ko’rsatgichlariga ko’ra klassifikatsiya qilinadi?
3. Ishlash prinsipiga ko’ra relelar qanday turlarga bo’linadi?
4. Kirish parametrlariga ko’ra relelarning qanday turlari mavjud?
5. Qanday harakteristika relening asosiy haraktristikasi deyiladi?