Ma’lumotlar bazasi administratori- bu muassasa ma’lumotlarini yoki uning tizimi bilan bog’liq bo’lgan biror qismini himoya qilidigan javobgar shaxs hisoblanadi. U barcha ma’lumotlar tuzilishi nazoratini amalga oshiradi, bank boshqaruvchisi bankka qo’yilgan narsalarga himoyachi bo’ladi, lekin qimmat baho narsalarga ega bo’lmaydi. Boshqarma yoki ayrim shaxs ma’lumotlar egasi bo’lishi mumkin, ma’lumotlar bazasi adminstratori ma’lumotlar saqlanishiga javob beradi va ular ustidan nazorotni amalga oshiradi. Ma’lumotlardan ularni fodalanishga ruxsat olgan shaxslargina foydalanishi mumkin.
Shuni ta’kidlab o’tmoq lozimki administrator ma’lumotlar bazasining boshqaruv funksiyalarini bajarib turib uning ichida nima yozilganini bilmaydi. Unga ma’lumki, misol uchun to’lov yozuvi tarkibida ish xaqi ma’lumotlar elementi bo’lsin, lekin bu elementda yozilgan ma’lumot kattaligini bilmaydi. Bu elementni o’qimaslik uchun, u maxsus usullar bilan himoya qilish mumkin. Agar amaliy dasturlashtiruvchi yozuvning yangi turini yaratmoqchi bo’lsa, yo bo’lmasa eski yozuvga yangi ma’lumotlar elementlarini qo’shish yo’li bilan yoki element kattaligini ko’paytirish yo’li bilan modiyfikasiya qilsa u albatta ma’lumotlar bazasi administratoridan ruxsatnoma olish uchun murojaat qilishi shart. Administrator ma’lumotlar tuzilishini modifikasiya qilishda butun tizim uchun eng yaxshi hisoblangan tegishli harakatlarni qiladi, amaliy dasturlashtiruvchiga yoki bitta qo’llanma bilan ishlaydigan tizimni analitik ma’lumotlar umumiy tuzilishini o’zgar-tirishga ruxsat etmaydi.
Faqat tizim uchun javobgar administrator yoki doimiy ishlovchilar ma’lumotlar va tuzilishi bilan ish ko’rishi mumkin. Tez-tez ma’lumotlar bazasi administratoriga ma’lumotlarni tashkil qilishda global tushunchaga ega bo’lgan shaxs sifatida murojaat qilishadi. O’z-o’zidan ma’lumki ma’lumotlar bazasi administratori- bu bitta odam emas, balki bo’lim yoki odamlar guruhi bo’lib, ma’lumotlar bazasi-ning tabiatini chuqur tushunish, ularni tashkil qilish, iqtisodiy ishlov berish mezonlari va ko’p sonli foydalanuvchilarning juda ham keng talablari doirasini tushunishi zarur.
Maydonlar-ББ tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Har qanday maydonning asosiy xususiyati uning o‘zunligidir. Maydon o‘zunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashqari yana imzo xususiyati ham mavjud. Imzo-ustunning sarlavhasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bo‘lsa sarlavhada maydon nomi yozib quyiladi. turli tipdagi maydonlar turli maqsadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega bo‘ladi.
MBBT istalgan foydalanuvchiga ma’lumotlarga kirishga ruxsat etadi. Bu foyda- lanuvchilar amaliy jihatdan hech qanday quyidagi tasavvurlarga ega emas:
ma’lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko‘rinishi;
so‘raladigan ma’lumotlarni izlash mexanizmi;
bir xil ma’lumotlarga bir vaqtning o‘zida ko‘pchilik foydalanuvchilar tamonidan bo‘ladigan so‘rovlar muammolari (amaliy dasturlar bilan);
mumkin bo‘lmagan va (yoki) ruxsat etilmagan o‘zgarishlarni kiritishdan ma’lumotlarni himoyalashni tahminlash usullari;
ma’lumotlar bazasini va boshqa ko‘pgina BBBT funksiyalarini aktual holatini tahminlash. BBBTning bu asosiy funksiyalarining bajarilishida har xil turdagi ma’lumotlar tavsiflanadi.
Albatta, mahlumootlar bazasini loyihalashni predmet sohasini tahlil qilishdan boshlash va alohida foydalanuvchilar talablarini aniqlash (ma’ lumotlar bazasini tuzish uchun, korxona xodimlari) kerak.
BB ning foydalanuvchilardan so‘rab olingan xususiy «ko‘rinish»lar va ma’lumotlar to‘g‘risidagi o‘z «ko‘rinish»lari, keyingi «ko‘rinish»larda kerak bo‘lib qolishi mumkin, birlashtirib foydalanuvchi avval yaratilayotgan BB umumiy noformal tavsivini yaratadi. Insonlarga tushinarli bo‘lgan tahbiiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqalar yordamida bajarilgan bu tavsiv ma’lumotlarning infologik modeli deb ataladi.
Insonlar uchun yo‘naltirilgan bunday model to‘laligicha ma’lumotlarni saqlash muhitining fizik parametrlariga bog‘liq emas. Bu muhit, oxir oqibatda, EHM xotriasi bo‘lmasdan, balki inson xotirasi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, infologik model birorta predmet sohasini akslantirishi uchun, real olamdagi o‘zgarishlar qandaydir tahrifni o‘zgartirishni talab qilmaguncha, o‘zgarmasligi kerak.
Rasmda ko‘rsatilgan boshqa modellar kompyuter uchun yo‘naltirilgan xisoblanadi. Ular yordamida MBBT dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat ma’lumotlarni fizik joylashishini hisobga olmasdan, balki dasturlar va foydalanuvchilar nomlari bo‘yicha amalga oshiriladi. MBBT kerakli ma’lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma’lumotlarning fizik modeli bo‘yicha izlaydi.