1. Qobiliyat va pedagogik qobiliyat xaqida tushuncha.
2.Qobiliyatning turlari va ularning tavsifi.
3.Pedagogik shakllantirish yo`llari.
4. Kommunikasiya xaqida tushuncha
Tayanch tushunchalar: Qobiliyat – bu shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffaqiyatli bajarishidagi o’ziga hos imkoniyatlarini ifodalovchi individual-ruhiy hususiyatlar.
Pedagogik qobiliyat - bu kasbiy qobiliyat bo’lib, shaxsning pedagogik faoliyatga yarokliligini, pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo’lgan sifat va fazilatlarga ega ekanligini anglatadi.
Kоmmunikativ qоbiliyat – bu o`qituvchining tarbiyalanuvchilar bilan alоqa o`rnata оlish faоliyatini tashkil qilishi uchun zarur bo`lgan bilim, malaka, ko`nikma va tajribasidir.
Axloqiy ong – shaxga axlokiy me’yorlar va hulq-atvor qoidalari to’grisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil kilinuvchi ong shakli.
Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik makomga ega ta’lim muassasasi.
Qobiliyatning psixologik-pedagogik tavsifi. Ob’ektiv voqeylik va unda yuz berayotgan hodisa va munosabatlar turli kishilar tomonidan turlicha muloxaza etiladi, fikr va tafakkur qilinadi.
Tafakkur iborasi arabcha «fikr» so’zidan kelib chiqib-o’ylash, muxokama, muloxaza va fikr yuritish ma’nolarini bildiradi. Turli kishilar turlicha fikr yuritadilar, turlicha tafakkur qiladilar. Ularning tafakkur qilish darajalari ham turlichadir. Kishilarning tafakkur qilish darajalari layoqat, qobiliyat, iste’dod, iqtidor, saloxiyat tushunchalari orqali izoxlanadi.
SHaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffakiyatli bajarishidagi o’ziga hos imkoniyatlarini ifodalovchi individual-ruhiy hususiyatlariga qobiliyat deyiladi.
Qobiliyatdagi hususiyatlar tug’ma bo’ladi, uni rivojlantirish yoki so’ndirish shaxsning qo’lidadir.
Qobiliyat bu shaxsning biror faoliyatga yarokliligi hamda shu faoliyatni mazmun va mohiyat jixatdan maqsadli, natijali amalga oshirishidir.
Kishilar qobiliyatlariga qarab biror kasbni egallaydilar va faoliyat ko’rsatadilar.