Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab amaliyetida o`qituvchi maxorati masalalari


Pedagogik muloqotni tashkil etish bosqichlari va usullari



Yüklə 209 Kb.
səhifə39/52
tarix17.02.2023
ölçüsü209 Kb.
#84778
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama

Pedagogik muloqotni tashkil etish bosqichlari va usullari.
Pedagogik muloqot – muomala masalalariga ko’pgina mualliflar diqqat e’tibor qaratganlar.
Kan – Kalik V.A. qayd qilishicha pedagogik muloqotni kuyidagi to’rtta tarkibiy qismda amalga oshirish mumkin bo’ladi.

  1. O’quvchilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonini modellashtirish (oldindan rejalashtirish)

  2. Amalga oshirilishi lozim bo’lgan muloqotda dastlabki o’zaro munosabatlarni o’rnatish.

  3. Pedagogik jarayonda yuz berayotgan muloqotni boshqarib borish.

  4. Amalga oshirilgan muloqotni har tomonlama tahlil qilish, xulosalar chiqarish va ular asosida navbatda ko’zda tutilgan muloqotga zamin xozirlash.

YUqorida qayd qilingan har bir bosqichda o’qituvchiga ma’lum bilim, malaka va ko’nikmalar zarur bo’ladi.
Modellashtirish bosqichida o’qituvchi auditoriyaning bilim darajasini, hususiyatlarini, auditoriya harakteri, o’quvchilarning qobiliyatlari va o’zlashti-rish darajalari, yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchilik va ularni bartaraf qilish imkoniyatlari inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi tomonidan muloqot mavzusi mazmun va mohiyat jixatidan atroflicha o’rganilishi, fikran o’quvchilar bilan muloqot o’rnatib ko’rilishi, o’quvchi misolida maskur mavzuning ular tamonidan o’zlashtirilishining extimolliklari va imkoniyatlarining turli variantlarini qilib ko’rish samarali natija beradi.
Muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshishida dastlabki munosabatlarni o’rnatish muhimdir . Bu bosqich ko’p hollarda «kommunikativ xujum» bosqichi deb ham yuritiladi.
Bunda o’qituvchi auditoriya diqqatini birdaniga jalb eta olish, o’quvchi e’tiborini mavzu mohiyatiga qarata olish dinamik ta’sir o’tkaza olish malakalariga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Muloqotni boshqarish bosqichida esa o’quvchi bilan o’qituvchi orasida psixologik aloqa o’rnatish lozim bo’ladi.
O’zaro ishonch va o’zaro hurmat negizida ko’rilgan shaxslararo munosabatgina hamkorlik munosabtlarini keltirib chiqaradi. O’qituvchi o’quvchining ilg’or fikrlari, nuqtai nazarlarini inobatga olishi, qo’llab quvvatlashi, huquqlari, majburiyatlari, ularning maktabda jamoat joylarida, oilada bajaradigan vazifalari haqida unitmasligi lozim.
O’qituvchining o’quvchiga ta’sir o’tkazishi, uning qattiqqo’lligi, printsipialigi, o’quvchilar orasida shaxsiy namunasi asosida tabiiy ravishda orttirgan obro’ e’tibori, nufuzi muhim omillardan hisoblanadi.
O’zaro , samimiy, do’stona munosabatlar asosida muloqot maqsadiga yondashish, initsiativani qo’llab quvvatlash, muloqotdan ko’zda tutilgan maqsadni shart – sharoitlarga maqsadli moslay olish malakalari o’qituvchining ta’sir doirasini oshirgan holda, muvaffaqiyat garovi bo’lib xizmat qiladi. To’rtinchi bosqichda pedagogik muloqotning kechuv jarayoni, uning amalga oshirilganlik holati, omil va vositalarning muloqotdan kutilgan natijaga ta’siri tahlil qilinadi, xulosalar yasaladi.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin