Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama
Muloqotning birinchi, modellashtirish yo 'nalishida, o'qituvchi o'quvchilar bilan dars jarayonida uchrashishga tayyorlanib, nafaqat oldindagi faoliyat mazmunini, balki muloqotning mumkin bo'lgan usullari va ta'sirchan ohanglarini o'ylab olish lozim. Pedagogik muloqotning ushbu bosqichi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini tasavvur qilib. kommunikativ vazifalarning bajarilish holatini oldindan puxta o'ylasli kerak. U har qanday darsning kommunikativ tizimini mukammal. o'ziga xos ravishda rejalashtirishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu prognostik yo'nalishda pedagogik vazifalarni kommunikativ vazifalar sohasiga o'tkazish bo'yicha murakkab jarayon amalga oshi-riladi. Ularning bir-biriga muvofiq kelishiga erishiladi. Ayni paytda o'quvchilar idrok etish orqali o'qituvchi tomonidan o'rganilayotgan yangi dars materiallarini va o'qituvchining xatti-harakatini kuzatib baho-laydilar.
O'qituvchi o'zi uchun bo'lajak darsning noyob xususiyatlarini va kommunikativ rejasini tuzishi mumkin, Unda darsning har bir pedagogik vazifasiga, kommunikativ vazifaning ma’lum bir usullari mos kelib, um hal qilishning o'ziga xos yo'nalishlari namoyon bo'iadi.
O'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirishning muhim sharti o'qituvchi va o'quvchilaming o'zaro emotsional bhiigi bo'lib, u o'qituvchiga darsning quyidagi ehtimoliy atmosferasini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini beradi:
bo'lajak darsda o'quvchilar jamoasi bilan ro'y berishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni oldindan ko'ra olish;
o'quvchilar bilan o'zaro demokratik va erkin munosabatning har xil darajalarini taslikillashtirish, uni rivojiantirish istiqbollarini beigilash;
darsda o'quvchilaming bilishga boigan qiziqishini va ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish.
Ilg'or o'qituvchilar ish tajribasining tahlili shuni ko'rsatadiki, dars jarayonida o'quvchilar bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish juda muhim. Zero, bu jarayon darsning didaktik tamoyillarini har tomonlama belgilab beradi, o'qituvchini ijodiy faoliyatga yo'naltiradi, unda o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikning mukammal shakllariga nisbatan turli muloqot modellarini takomillashtirish imkoniyati paydo boiadi. Muloqotni modellashtirish bevosita yangi dars oldidan tezda bajarilishi mumkin, ba'zan esa doimiy harakter kasb etadi. U o'qituvchiga o'zining dars jarayonidagi kommunikativ munosabatini va emotsional xulqini, his- tuyg'ularini oldindan ko'ra bilish imkoniyatini yaratadi.