Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə12/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Maruza 1

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Pedagogika fani nimani o‘rganadi?
2. Pedagogika fanining obyekti va predmetini izohlang.
3. Pedagogika fanining asosiy vazifalariga izoh bering.
4. Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga nimalar kiradi?
5. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqadorligini asoslang.
6. Pedagogik fanlar tizimini shartli ravishda asosiy, yordamchi va mustaqil fan sohasi yo‘nalishlariga turkumlang.
7. Pedagogika fani metodologiyasi tushunchasiga izoh bering.
8. Pedagokaning ilmiy tadqiqot metodlari haqida gapirib bering.


DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA, UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAZMUNI
Tayanch tushunchalar: didaktika, o‘qitish, o‘qitish jarayoni, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim standarti, o‘quv reja, o‘quv dasturi,


Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so‘zdan olingan bo‘lib, «didacticos» – o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi.
Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati» deb tushuntirdi.
«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma‘ruzasida qo‘llanilgan.

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin