Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi


An’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə15/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
Maruza 1

An’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma. Bilimga yo‘naltirilgan paradigmada ta’limning bosh maqsadi: «Istalgan qiymatdagi bilim, bilim va yana bilimdir». Shuning uchun ta’lim muassasasining roli insoniyat sivilizatsiyasi madaniy merosining ko‘proq mavjud unsurlari – ham individual, xuddi shunday ijtimoiy tartibni saqlab qoluvchi, individual rivojlanishga imkon beradigan zaruriy, xilma-xil, muhim bilim, ko‘nikma va malakalar, bundan tashqari ideal va qadriyatlarni uzatish va saqlashda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘quv dasturlari mazmuni tayanch, asosiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash vaqtida sinovdan o‘tuvchi, shaxsning funksional savodxonligi va ijtimoiyligini ta’minlashga asoslanadi.
Bixevioristik (ratsionalistik) paradigma. Ratsionalistik paradigma an’anaviy paradigmaga qarama-qarshi o‘laroq, o‘zining diqqat markazida mazmunni emas, o‘quvchilarning turli turdagi bilimlarni o‘zlashtirishining samarali usullarini qo‘yadi. Ratsionalistik ta’lim paradigmasi asosida ijtimoiy injeneriya bixevioristik konsepsiyasi turadi. Ta’lim muassasasining maqsadi – ta’lim oluvchilarda ijtimoiy me’yorlar, milliy madaniyat talablari va natijalariga muvofiq, moslashuvli «xulq-atvor majmui»ni shakllantiradi. Suning uchun «xulq-atvor» atamasi “barcha turdagi reaksiyalar, insoniy xususiyatlar – uning fikrlashi, his-tuyg‘usi va harakati»ni bildiradi.
Insonparvarlik (fenomenologik) paradigmasining diqqat markazida o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojiga ega bo‘lgan, hayot sub’ekti, shaxs erkinligi va ma’naviyati sifatidagi ta’lim oluvchi turadi. U bolaning ichki dunyosini rivojlantirish, shaxslararo muloqot, ijod, dialog, shaxs o‘sishi uchun yordamga yo‘naltirilgan. Insonparvarlik paradigmasi vakillari yagona qarash bilan ajralib turmaydi. Uning doirasida ta’limning xilma-xil modeli amalga oshadi. Ularni bola va inson hayotining tengsiz davri sifatida bolalikka qadriyatli munosabat, ya’ni ta’lim muassasasining bosh vazifasi bolani rivojlantirish (aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik) ekanligini e’tirof etish yagona yo‘nalishda birlashtiriladi. Insonparvarlik paradigmasi doirasida harakatlanuvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy izlanishga asoslanib, ta’lim va tarbiyaning sof mazmuni, metod va vositalaridan joy oladi. Insonparvarlik paradigmasi ham o‘qituvchi, ham o‘quvchilarning erkinligi va ijodkorligini talab etadi.

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin