Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi


Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə13/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Maruza 1

Didaktika ilmiy bilimlar tizimi sifatida birinchi marta chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika» (1657-yil) asarida ochib berilgan.
Didaktikada ta’limnitashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?” “qanday o‘qitish?” “qayerda o‘qitish” kabi savollarga javob izlaydi.
Didaktikaning obyekti – o‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyatning asosiu turi hisoblangan ta’lim berishdir.
Didaktikaning predmeti sifatida o‘rgatish (o‘qituvchi faoliyati) va o‘rganish (o‘quvchilarning bilish faoliyati), ularning o‘zaro harakati aks etadi.
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va o‘quvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart qilib qo‘yadi.
Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o‘zaro bog‘liqlikda joylashadi. Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni o‘qtishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos bo‘lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to‘plangan bilimlar aks etadi.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o‘rgatish, o‘rganish, o‘qitish, ta’lim , bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija.
O‘rgatish – o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha pedagogning tartiblangan faoliyati.

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin