Ma‘ruza mashg‘uloti mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni va mohiyati, predmeti. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Mavzu rejasi


Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning



Yüklə 128,8 Kb.
səhifə16/50
tarix20.11.2023
ölçüsü128,8 Kb.
#162296
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Maruza 1

Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning bosh maqsadi amaliy takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan kelib chiqadi. «Bilim – kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘zini o‘zicha emas, faqat aniq belgilangan etalon (o‘rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya jarayonining istalgan natijasi «ha – yo‘q», «biladi – bilmaydi», «tarbiyali – tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda tayyorgarlik, ma’lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi.
Ezoterik paradigma. Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta’limiy paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli», «yashirin» ma’nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza qiluvchi funksiyasi ta’lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.


O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O‘qitish – o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
O‘qitish (didaktik) jarayonining mohiyatini quyidagi formula yordamida to‘liq anglash mumkin: DJ=M+AO‘f + Ao‘fb
Bu yerda:
DJ – didaktik jarayon.
M – motivatsiya.
AO‘f – o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati algoritmi.
Ao‘fb – o‘quvchilarning billish faoliyatini boshqarish.
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi.
O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarni shakllantirishdan iborat. O‘qitish natijasi sifatida bilimlarining to‘liqligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyaning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. Ta’limning tarbiyaviy xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. O‘qitish jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi hisoblanadi.
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy, intellectual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi. O‘qitish jarayonida o‘quvchini aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, tasniflash, kuzatish, xulosa chiqarish, obyektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni malakasini rivojlantirishga erishiladi.

Yüklə 128,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin