Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Mavzu: Kognitiv psixologiyada diqqat tadqiqotlari



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə22/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

10 Mavzu: Kognitiv psixologiyada diqqat tadqiqotlari.
Reja:

  1. Bilish axborotni qayta ishlash sifatida, kognitiv psixologiyada diqqat tadqiqotlari: metaforalar va paradigmalar.

  2. Diqqat psixologiyasida axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashish va nazorat qilish muammosi.

  3. Kognitiv psixologiyada diqqat va ong.

  4. Ong psixologiyasi va neyrofiziologiyasi.

  5. Filtr metaforasi va diqqat tadqiqoti diqqatning tanlash, saralash modellari sifatida.

  6. Tanlash asoslari muammosi: ko’rish diqqatining fazoviy va ob’yekt tabiatiga bog’liqligi.

  7. Rezervuar metaforasi: diqqat va aqliy harakat.

  8. Diqqatning resurs modellari: harakat uchun diqqat va harakatdagi diqqat. Diqqat va faoliyat: « gomunkulus muammosini» bartaraf etish.

Diqqat qaralgan tashqi ifodaga ega bo’lgan ob'ekmi sezish, idrok qilishdan iboratdir. Shu o’rinda qarama-qarshilik vujudga keladi, chunki ob'ekming yo’qolishi bilan diqqat ham o’z funksiyasini tugatadi. A.N.Leontev mulohazasiga ko’ra, bu orientir faoliyati emas, chunki ob'ekming paydo bo`lishi bilan diqqat ham namoyon bo`ladi, ob'ekt yo’q bo`lsa, demak diqqat ham bo`lmaydi, deb ta'kidlaydi. P.Ya.Galperin esa ob'ekming paydo bo’lishi bilan diqqat yuzaga keladi. Ob'ekt yo’qolgandan keyin esa psixik qism bo’lgan tekshirish, nazorat qilish jarayoni boshlanadi, Demak, diqqat ongning bir ob'ektga yo’naltirilishi va ongli holatni nazorat qiluvchi jarayondan iboratdir.


Psixologiyada diqqami "yo’naltirish" deganda, psixik faoliyaming tanlovchanligi va ixtiyoriy hamda ixtiyorsizligi tushuniladi.
Qator munosabatlarda to’planish ikki xil xarakterda bo`ladi, u predmet va hodisalarga tanlab yo’naltiriladi, ya'ni diqqat ob'ektini ongni ajratish, bu vaqtda boshqa ko`p obektlardan chalg’ish vositasi bilan aktlar tizimini tashkil qiladi, to’planish mehnat predmetiga yo’naltiriladi, lekin uning jarayoni ham diqqat obekti hisoblanadi. To’planish faoliyat ob'ektiga va u bilan harakatga yo’naltiradi.
Diqqat psixikaning alohida tomoni va shakli hisoblanmaydi va qandaydir birorta funksiyani bajarishga o’z-o’zidan ko’chmaydi. Maqsadga yo’nalgan, intensiv-psixik faoliyaming strukturaligi funksional asosini o`zgarishga, mahsuldorligining oshishiga va miyaning barqaror ishlashiga olib keladi.
Kishi diqqati mehnat faoliyatiga, faoliyat jarayoniga, mehnat qurollariga yo’naltiriladi. Diqqat predmetlari bir xil emas, balki har xil faoliyat turlarida turlicha bajariladigan mehnat operasiyalari va vositalari kishi mehnat predmetiga ta'sir qiladi. Bularga bog’liq ravishda diqqami faoliyat turlarida o’rganish psixologik muammolari vujudga keladi.O’tkazilgan tekshirishlar asosida I.V.Straxov diqqat ko’p funksiyali jarayondir, degan xulosaga keladi. Bu funksiyalarni amaliy bajarish - mehnat, o’qish, ilmiy va boshqa faoliyat turlaridan birortasining shart-sharoiti mahsuldorligini belgilaydi. Faoliyaming har bir turi diqqatga alohida ma'suliyat yuklaydi. Shuning uchun uning funksiyasi faoliyaming shu turiga to’g’ri kelishi muhimdir.
Diqqaming nazorat qilish-tuzatish funksiyasi ham kam ahamiyatli emas. Uning shakllari mehnat va o’quv faoliyatining har xil davrlarida bir xil bo`lmaydi.
Diqqat alohida kishilarning munosabatlarida jamoada o’ziga xos funksiyani bajaradi. Kishlarning kuzatuvchanligida, boshqa odamlarning psixik holatini tushunishda, ziyraklikning faol shakllarida aks etadi, Ziyraklik mehnatda va kishi bilan munosabatida axloqiy-psixologik ahamiyatga ega bo’ladi. Shunga muvofiq ziyraklikning motivasiyasi o’rganilib, uning aks etishining shakllari va ularni tarbiyalash masalasi ko’rib chiqiladi. Ziyraklikning bunday o’rganilishi uning tahlilida va shaxs psixologiyasida yangi yo’nalishdir. Ular o’z ishlarida diqqaming o’rganilishi ko’rsatilgan aspektlarini sintez qilishga harakat qiladilar.
Yuqorida bayon etilan fikrlardan ko’rinib turibdiki, I.V.Straxov diqqaming bilish jarayonidagi ahamiyatiga uning faol psixologik aks ettirish imkoniyatiga alohida e'tibor beradi. Shuningdek, diqqat bilish faoliyatining borliq bilan aloqasida, uni keng va chuqur aks etishida muhim mexanizm bo’lib hisoblanadi.
Diqqat shaxsning yo’nalishida to’plangan jarayon sifatida ishlaydi. Keng ma'noda bu so’z asosida ehtiyoj, qiziqish, qarash, ideal kabi tarkibiy qismlar mavjud. Diqqat psixik jarayonlar tuzilishida ko’rsatilgan omillardan hosil qilingan hodisa sifatidagina qamashmay, balki u shaxsning boshqa xususiyatlariga munosabatda tayanch xususiyat sifatida qamashadi. Diqqat va ziyraklikning pedagogik takt(odob)ning shakllanishidagi psixologik shart-sharoit ekanligi bunga misol bo’ladi.
I.V.Straxov "Diqqat va nutq" muammosi bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borgan. U nutq shakllari va funksiyalarini hamda tasviriy faoliyami tahlil qiladi. U o’quvchilarda sport gimnastikasi darslarini psixologik tahlil qiladi va o’rganadi.
Muallifning ta'kidlashicha, diqqami nutqiy boshqarish quyidagi omillarda, ya'ni predmemi nomlashda, , yoki maqsadli harakatlarga to’plashda, faoliyami rejalashtirishda diqqami ilgarilab ketish aktlarida, qidirish faoliyatlarida, diqqami ko’chish jarayonining verballizasiyasida, diqqami nazorat qilish funksiyasini aktivlashtirishda, ziyraklikning aks etishida va uning axloqiy psixologik ahamiyatida namoyon bo’ladi.
Diqqat va butun faoliyat jarayonini boshqarish nutqning ichki va tashqi turlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, bu boshqarishda mualuf fikricha. Integral (yuqoridagi ikki nutq oraliqidagi) nutq ishtirok etadi. Bularni tadqiq qilish shuni ko’rsatadiki, grafik harakatlarni amalga oshirish aqliy - nutqiy jarayonlar ularni anglash va yo’naltirish bilan birga boradi.
Shunday qilib, diqqami boshqarish va uni tarbiyalash, o’quvchilarda rivojlantirish masalasi I.V.Straxov tomonidan atroflicha o’rganilgan.
Psixolog N.V.Kuzminaning fikricha, o’qituvchilarning dars davomida berilayotgan bilimini qanchalik o’zlashtirishi unda asosiy va yetakchi rolni diqqat o’ynaydi. Shuning uchun ham ta'lim - tarbiya jarayonida hammadan avval tarbiyachi o’quvchining diqqatini torta bilishi uning asosiy maqsadi bo’lishi kerak. Bu esa o’tilgan materialni o’quvchi puxta bilishni talab qiladi. Bundan kelib chiqadiki, diqqaming tarbiyalanishi va shakllanishi ham vujudga keladi. F,N.Gonobolin, M.R.Rahmonova D.B.Elkonin, V.V.Repkin va boshqa qator tadqiqotchilar tomonidan talim va tarbiya jarayonida o’quvchilarda diqqaming namoyon bo’lishi, kechishi, rivojlanishining o’ziga xos xossalari, individualligi kabi jihatlari o’rganilgan.



Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin