Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə19/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

Diqqatning bo’linishi - bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va anglangan holda o’tkazish. Bo’linish bilan ikki turli yo’nalishga ega bo’lgan jarayonlar bog’liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib q o ’y ish . Bo’linish ixtiyoriy bo’lishi mumkin, u holda uning tezligi - bu sub’ektning o’zining idrok qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko’rsatkichi, va diqqatning bo’linishi bilan bog’liq ixtiyorsiz bo’lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilaming paydo bo’lishidan dalolat beradi. Bo’linishning samaradorligi awalgi va keyingi faoliyatni bajarish xususiyatlariga bog’liq bo’ladi (bo’linish ko’rsatkichlari yengil faoliyatdan og’ir faoliyatga o’tishda ancha kamayadi, aksincha bo’lganida esa, oshib ketadi). Bo’linish natijasi insonning awalgi faoliyatga bo’lgan munosabati bilan bog’liq: awalgi faoliyat qanchalik qiziqarli va keyingisi unchalik qiziqish uyg’otmagan bo’lsa, diqqatning bo’linishi shunchalik qiyinroq kechadi. Bo’linishda asab tizimir.ing xususiyatlari, xususan, asab jarayonlarining qo’zg’aluvchanligi tomonidan belgilangan individual tafovutlar mavjud.
Diqqat hajmi - sub’ektning yetarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o’zida qamrab olishi mumkin bo’lgan ob’ektlar soni. Diqqat ob’ektining muhim va belgilovchi xususiyatlaridan biri, uning o’qitishda va mashq bajarishda umuman o’zgarmasligidir. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o’zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda taxistoskopdm foydalaniladi - ma’lum sondagi seskantiruvchilami shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko’zlarini bir ob’ektdan boshqasiga olib ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat hajmi - individual tarzda o’zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning ko’rsatkichi 5 ± 2ga teng bo’ladi.

Diqqat(ko’lami (hajmi) taxistoskop degan asbob yordamida aniqlanadi. Taxistoskop ekranida tekshiriluvchilarga bir to’p sharflar ko’rsatiladi. Ob'ektdagi narsalarni idrok qilishda ularni to’la aks ettirish mumkin emas. 0, 1 sekund oraliqida ob'ekt yaqqol namoyish qilinsa, o’rtacha 5-9 tagacha sharflar idrok qilinadi. Agarda tanish so’zlar idrok qilinsa, uning ko’lami 12 tagacha ortishi mumkin. Bu asbob yordamida chet el psixologiyasida diqqatning ob'ektiv va sub'ektiv tiplari o’rganiladi: A) ob'ektiv tip-kamroq idrok qilinsa-da, lekin aniqligi bilan ajralib turadi; b) sub'ektiv tip- ko’p idrok qilinsa-da, biroq noaniq, shuningdek, o’zidan qo’shilgan ortiqcha elementlarga serobdir. Sobiq sovet psixologiyasi fani namoyandalari, jumladan N. F. Dobrinin o’zi va shogirdlari o’tkazgan tekshirishlariga asoslanib, bunday tipalogiya diqqatning moshiyatini ochishga yetarli emas deb, shisoblaydi. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular ob'ektni sham ko’p, sham aniq idrok qila oladilar. Yana shunday toifadagi kishilar mavjudki, ular narsalarni sham kam, sham noaniq idrok qiladilar, o’zlaridan ko’p narsalarni qo’shib yuboradilar.



Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin