Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


Tuproqdagi foydali azotning ekologik ahamiyati



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə36/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

Tuproqdagi foydali azotning ekologik ahamiyati. O‘simliklar qoplamiga, o‘simliklar ekologiyasi va biologiyasiga tuproqdagi azot birikmalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Dastlabki taxminlarga qaraganda, atmosferadagi azot dastlab Yerda ammoniy birikmalari va nitritlar shaklida, ya’ni azotning metallar va
boщqa elementlar bilan birikmalarida bo‘lgan. Yerning isishi natijasida azot ammiak shaklida atmosferaga ajralib chiqqan. Atmosfera rivojlanayotgan fotosintez protsessi hisobiga kislorod bilan boyigandan keyin ammiak elementar azotgacha oksidlana boshlagan.

Hisoblarga qaraganda, atmosferadagi azot miqdori 78% ni tashkil etadi, bu planetamizdagi jami azotning 2% ga teng keladi. Azotning qolgan 98% hali qattiq tog‘ jinslari tarkibida bo‘ladi. Yer qobig‘i tarkibidagi azot miqdori ko‘pi bilan 0,03% ni tashkil etadi, lekin tuproqning yer yuzasiga yaqin qatlamidagi azot quruq moddasiga nisbatan 0,1-0,4% gacha ortib boradi. Tuproqdagi 98% azot organik mod­dalar (oqsil, nuklein kislotalar, chirindi moddalar va hokazolar) bilan bog‘liq, ko‘pi bilan 2% mineral shaklda bo‘ladi. Biosferada azotning taqsimlanishi (tonna hisobida) quyidagicha (Peterburgskiy 1979): atmosferada 3,78-1015; cho‘kindi jinslarda 4,06.10 18; okeanda 2,02-1013; tuproqlarda 15,24-10 10; o‘simliklar olamida 1,1-10 9; xayvonot olamida 6,09-10 7.

O‘simliklar hayot faoliyati uchun havodagi inert azotdan bevosita foydalana olmaydi. Ular azotni ammoniy mineral tuzlari (NH4+), nitritlar (NO2-) va ayniqsa nitratlar (N03-) shaklida o‘zlashtiradi. Lekin tuproq eritmasida yuz martadan ortiq ko‘p bo‘l­gan azotning umumiy miqdoriga qarama-qarshi o‘laroq, nitratlar konsentratsiyasi juda past bo‘ladi. Tuproq eritmasidagi nitratlar tez sarf bo‘ladi, lekin minerallashish tufayli ularning o‘rni tezda to‘lib turadi. Tuproqqa azot asosan to‘kilgan barglar, mevalar chirigan ildizlar, shuningdek, ildiz ajratmalari bilan birga bevosita to‘g‘ri tushadi. Bundan taщqari, yana u ko‘plab tuproq organizmlarining nobud bo‘lishi hisobiga ham tushadi. Tarkibida azot bo‘lgan bu barcha mod­dalar tuproqda to‘planib, odatda, minerallanish protsessida ishtirok etadi; bunda ular saprotroflar tomonidan parchalanadi. Ular esa energiya manbai sifatida uglevodlardan foydalanadi, azot esa ammiak shaklida ajralib chiqadi.

Azotning gazsimon holatdagi birikmalari tuproqqa atmosferadan yogin-sochin va chang bilan birga tusha­di. odatda, bunda azot ammiak va azot oksidlari shaklida tushadi. Atmosferadagi bu xildagi azot vulqonlar otilishidan, chaqmoq chaqishi vaqtida, shuning­dek, atmosferaning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishidan paydo bo‘ladi. Lekin bu manbalardan juda kam azot chiqadi. Sanoat shaharlari yaqinidagi rayonlarda atmosfera yog‘inlari va chang bilan birga yerga tushadigan bu hildagi azot miqdori gektariga 20 kilogrammga yetishi mumkin, lekin bu miqdor ko‘pincha gektariga bu xildagi qo‘shimcha azot, odatda, azot kam bo‘ladigan, sfagnum moxi o‘sadigan botqoqliklar uchun qisman axamiyatga ega bo‘ladi.

Tuproqda azot ko‘payishining eng asosiy usuli at­mosfera azotining biologik fiksatsiya yuli bilan tuprokqqa o‘tishidir. Bu albatta mikroorganizmlar (prokariotlar) hayot faoliyati tufayli amalga oshadi. Ular nobud bo‘lgandan keyin azot tuproqqa qaytadi. Zambrug‘lar (eukariotlar) azot fiksatsiya qilish uchun qobiliyatsiz bo‘lsa kerak. Azotning biologik fiksatsiyasi aktivlovchi alohida ferment-nitrogenaza ishtirokida boradi; bu ferment tufayli protsess borishi uchun tegishli temperatura va bosim sharoiti yaratiladi; sun’iy sharoitda esa azot fiksatsiyasi uchun bosim va temperatura yukori (100°) bo‘lishi kerak. Azot fik­satsiyasi ikki yo’l bilan boradi.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin