Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi


Tuproqdagi kalsiyning ekologik ahamiyati



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə35/56
tarix02.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#86235
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari m-fayllar.org

Tuproqdagi kalsiyning ekologik ahamiyati. Kalsiy Yer po‘stlog‘ining tuzilishida ishtirok etadi. Ayniqsa ohakli tog‘ jinslari kalsiyga boy bo‘ladi, ular tarkibidagi SaS03 (marmar, bo‘r) miqdori 99% gacha yetadi. Gipsda (CaS04-2H20), dolomitda [CaMg(C03)]2 hamda mergelda kalsiy ko‘p bo‘ladi. Tarkibida CaP04 bo‘lgan apatit juda muhim mineral hisoblanadi. O‘simliklar gips va ozhakli tog‘ jinsla­ri tarkibidagi kalsiyni, shuningdek, tuproq kolloidlarining almashinuvchi kalsiysini oson o‘zlashtiradi. Bulardan taqari, tuproqda fosfor, kremniy va organik kislotalarning kalsiyli tuzlari bo‘ladi. Tuproqdagi Sa miqdori 3% dan ortiq bo‘lsa, ular kalsiyga boy tuproqlar hisoblanadi; bu xildagi tuproqlar xlorid yoki sirka kislotalar ta’sirida «qaynab chiqadi». Tuproqning kolloid kompleksida Ca kolloid zarrachalar tomonidan o‘zlashtirilgan ionlar shaklida bo‘ladi. N+ va ON- erkin ionlar soni, ya’ni tuproq eritmasining reaksiyasi kolloidlarning kalsiy bilan to‘yinish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, kalsiy tuproqning ekologik xossalarini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Gumid iqlimda yuvilish kuchli darajada bo‘lganligi uchun kalsiy kam bo‘lgan tuproqlar ustunlik qiladi, arid iqlimda esa buning aksi kuzatiladi, ya’ni tuproq kalsiyga boy bo‘ladi.

O‘simliklar kalsiyni o‘zlashtirib, uni yuvilib ketishdan saqlaydi, ular nobud bo‘lgandan keyin esa kalsiy yana tuproqda qaytib tushadi. Kalsiyning bunday aylanib yurishda ildizi tuproqqa chuqur kirib boradigan o‘simliklar, shuningdek, daraxtlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘t o‘simliklardan, Sa ni to‘plashi buyicha, dukkakdoshlarni ko‘rsatish mumkin, ular kalsiyni tuproqning chuqur qatlamlaridan o‘zlashtiradi, nobud bo‘lganida esa tuproqning yuza qatlamini yana kalsiyga boyitadi.

Kalsiy ko‘p jihatdan tuproqning fizik va ximiya­viy xossalariga, ya’ni shu bilan o‘simliklarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Yerga kalsiy solinsa (ohaklash), vodorod va alyuminiy ionlarining zararli ta’sirini kamaytiradi, bu esa chirindi mavjud bo‘lgan sharoitda tuprokning mustahkam donador strukturasini hosil qiladi, natijada tuprokning suv-xavo xamda issiqlik rejimi yaxshilanadi, unumdorligi ortadi. Bundan tashqari, kalsiy tuzlari temir va alyuminiyning qiyin eriydigan fosfatlari bilan almashinuv reaksiyasiga kirishib, ularni eruvchan holatga, ya’ni o‘simliklar foydalanishi uchun qulay shaklga o‘tkazadi. Kislotalarni neytrallovchi CaS03 bilan boy bo‘lgan tuproqlar neytral yoki kuchsiz teoriy reaksiyaga ega (pH-7,0 ga yaqin) bo‘ladi. Lekin Ca miqdorining ortishi tuprokning iщqoriyligini yanada kuchaytirmaydi. Chunki pH tuprok tarkibidagi karbonatlar yigindisiga bog‘liq bo‘lmaydi. Tuproqning neytral reaksiyasi tuproq mikroorganizmlari uchun qulay sharoit yaratadi va tuproqning ko‘p xossalarida o‘z aksini topadi. Odatda, ohakli tuproqlar har doim quruq va issiqroq bo‘ladi.

Oziqlanishning muhim elementi hisoblangan Sa moddalar almashinuvida ichki hujayralarga ta’sir ko‘rsatadi. U ayniqsa zararli tuzlarni neytrallaydi va ularning zararli ta’sirini to‘xtatadi. Ba’zi turlarda hujayra shirasida Sa keragidan ortiqcha bo‘lishi kaliy elementi o‘zlashtirilishini tormozlaydi va ba’zi fiziologik protsesslar zararli ta’sir etishiga sabab bo‘ladi

Tuproqda kalsiy bo‘lishiga munosabatiga qarab, odatda o‘simlik turlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi (kalsiy deganda, odatda, CaS03> ba’zan Sa ioni ko‘zda tutiladi): 1) doim kalsiy talab, ya’ni normal rivojlanishi uchun ohakka boy substratga muxtoj turlar; 2) kalsifillar-«ohaksevar», ya’ni ohakli tuproqlarda yaxshi o‘sadigan turlar; 3) kalsi- foblar ohakdan qochuvchilar, kalsiyning ortiqcha bo‘lishi bular uchun zararlidir (masalan, sfagnum moxi); 4) kalsiyga befarq bo‘lgan turlar.

Kalsiy tuproqning ko‘p xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar mazkur tuproq kalsiy kam bo‘ladigan tuproq xossalariga ega bo‘lsa, u vaqtda bu xildagi tuproqlar kalsifitlar uchun ham yaroqli bo‘lishi mumkin. Bizningcha, bu holda o‘simliklarga tuproqning ximiyaviy xossalari qanchalik ta’sir ko‘rsatsa, fizik xossasi ham shunchalik ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, kalsifil­lar oxakli tuproqlarni afzal ko‘radi, chunki bu xil­dagi tuproqlar quruq, issiq va havoni yaxshi o‘tkazadigan bo‘ladi. Shunday qilib, kalsifitlarga kiruvchi tilog‘och MDH Yevropa qismining shimoli-sharqida ham ohakli, ham ohaksiz, lekin qumli tuproqlarda yaxshi o‘sadi, chunki bu xildagi tuproqlar qypyiq va issiq bo‘ladi. Shunday qilib, kalsifillik va kalsifoblik masalasi juda murakkab bo‘lib, uni barcha turdagi o‘simliklar uchun bir tomonlama hal qilish mumkin emas.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin