Anemoxoriya, ya’ni meva va urug‘larning shamol yordamida tarqalishi. Juda ko‘p o‘simliklarning urug‘i va mevasi shamol yordamida tarqaladi. Bunda ular uzoq masofalarga tarqalib ketadi. Masalan, arktikada ba’zan urug‘lar shamolda 800-2000 km masofagacha uchib ketadi. Anemoxorlar orasida quyidagi 5 tip farq qilinadi.
1.Mayda va yengil urug‘lilar. Bularga deyarli barcha orxideyalar, ko‘pchilik archagullilar, kuskutasimonlar va boshqalar kiradi. Ular urug‘ining vazni kamdan-kam holda 0,002 g dan oshadi.
Ko‘pchilik cho‘l o‘simliklarining, daraxtlardan esa qayin, qora-qarag‘ay, qayrag‘och, zarang, shumtol va boshqalarning ypyg‘i va mevasi qanotchali bo‘ladi. Bu xildagi mevalar shox-shabbasidan to‘kilishi bilan shamol yordamida yaxshi tarqaladi. Shunga ko‘ra, daraxt qancha baland bo‘yli bo‘lsa, shamol urug‘larini shuncha uzoqa uchirib ketadi. Bundan tashqari, qanotli meva va urug‘lar qop ustida shamol ta’sirida ko‘chib yuradi, qumli dashtlarda esa ularni qum donachalari o‘zi bilan birga ko‘chirib yuradi.
1.Tukli mevalar va urug‘lar ko‘pchilik toldoshlar, sutpechakdoshlar, murakkabguldoshlar, astragallar, kalligonumlar va boshqalarda bo‘ladi. Tuklilik urug‘ va mevalarning yelkanligi va uchuvchanligidan tashqari, ular qop yoki qum yuzasida yumalab tarqalishini ta’minlaydi. Tukli va ingichka o‘simtali urug‘lar qumli cho‘llar o‘simliklari uchun xosdir.
Fizialis o‘simligi, ko‘pchilik qiyoqlar, cho‘llarda o‘sadigan sho‘radoshlarning urug‘i va mevasi «xaltacha» ichida, shishgan, aerostatga uxshash bo‘ladi. Cho‘llarda bunday xaltachalar «havo shari» singari harakat qiladi.
Mevalarning «doim ko‘chib yuradigan»hayotiy shakllsi ular shamol vositasida tarqalishining ajoyib usuli hisoblanadi. Bu sharsimon o‘simlik bo‘lib, mevalari pishib yetilishi davrida ildiz bug‘zidan uzilib, shamolda cho‘l bo‘ylab yumalab yuradi va urug‘ yoki mevasi atrofga sochilib tarqaladi.
9-ma’ruza O’simliklar hayoti uchun tuproqning zarur sharoit ekanligi
Dostları ilə paylaş: |